Ellen Barkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ellen Barkin
Tavalludi
Ellen Rona Barkin

16-aprel 1954-yil (1954-04-16) (69 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1978-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari 2 nafar

Ellen Rona Barkin (1954-yil 16-aprelda tugʻilgan)[1] — amerikalik aktrisa va produser. Uning rollari orasidagi eng yutuqlisi 1982-yilda „Diner“ filmida boʻlgan. Keyingi yillarda u Tender Mercies (1983), Eddie and the Cruisers (1983), The Adventures of Buckaroo Banzai Across the 8th Dimension (1984), The Big Easy (1986), Johnny Handsome hamda Sea of Love (1989) kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan.

Uning produserlik shartnomlari orasida Letters to Juliet, Shit Year (ikkalasi ham 2010-yil) va Another Happy Day (2011) filmlari kiradi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barkin New Yorkning The Bronx shahrida[2] Yamayka kasalxonasida ishlagan shifoxona maʼmuri Evelyn (qizlik familyasi: Rozin) va kimyoviy mahsulotlar sotuvchisi Sol Barkinning qizi boʻlib tugʻilgan[3][4]. Uning oilasi yahudiy boʻlishgan[5][6]. Ular Sibirdan va Rossiya-Polsha chegarasidan hijrat qilgan edilar.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ellen Barkin va Kate Bosworth 2011-yilda Deauvilledagi Amerika kinofestivalida

Uning asosiy roli Barry Levinson tomonidan yozilgan va rejissorlik qilingan „Diner“ (1982) komedik drama filmda[7] boʻlib, u ushbu filmda gavdalantirgan roli uchun ijobiy baholarga loyiq koʻriladi. Barkin „Tender Mercies“ (1983) dramatik filmida uning rejissori Bruce Beresfordni New Yorkdagi kasting vaqtida hayratga solganidan soʻng, tajribasizligi va ishini yaxshi bilmaganiga qaramay filmda rol oʻynashga erishgan. „Tender Mercies“ filmida bosh rolni oʻynagan Robert Duvall Barkin haqida shunday deydi: „U bu qismga haqiqiy ishonchlilik keltirardi, bundan tashqari, u yosh va jozibali edi hamda maʼlum bir ustunlik hissiga ega edi. Bu uning, albatta, uchun xavfli boʻlgan“. U, shuningdek, 1983-yilda roknroll dramatik „Eddie and the Cruisers“ filmida ham paydo boʻlgan.

2016-yildan 2019-yilgacha Barkin TNT telekanalining „Animal Kingdom“ dramatik serialida jinoyatchilar oilasining matriarxi Janine „Smurf“ Cody rolini oʻynaydi[8]. Serial 2010-yildagi avstraliyalik filmga asoslangan boʻlib, unda Smurf rolini Jackie Weaver ijro etgan[9][10].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barkin birinchi nikohi — aktyor Gabriel Byrnedan boʻlgan Jack Daniel (1989-yilda tugʻilgan) va Romy Marion (1992-yilda tugʻilgan) ismli ikki farzandining onasi[11]. Er-xotin 1993-yilda bir-birlari bilan orani uzishgan va 1999-yilda rasman ajrashishgan. Lekin, oralari hali ham yaqin[11]. Byrne hatto Barkinning 2000-yilda multimilliarder va biznesmen Ronald Perelman bilan boʻlgan toʻyida ham qatnashgan[12]. New York jurnaliga koʻra, bu nikoh 2006-yilda ajralish bilan yakunlangan.

Barkinning George ismli, ilgari National Lampoon va High Times gazetalarining bosh muharriri llavozimida ishlagan akasi bor.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1978 Up in Smoke Woman Playing Guitar ankredited
1982 Diner Beth Schreiber
1983 Tender Mercies Sue Ann
1983 Daniel Phyllis Isaacson
1983 Enormous Changes at the Last Minute Virginia
1983 Eddie and the Cruisers Maggie Foley
1984 Harry & Son Kate Wilowski
1984 The Adventures of Buckaroo Banzai Across the 8th Dimension Penny Priddy
1985 Terminal Choice Mary OʻConnor
1986 Desert Bloom Aunt Starr Eng yaxshi xorijiy aktrisa uchun Sant Jordi Award
1986 Down by Law Laurette
1987 The Big Easy Anne Osborne Eng yaxshi xorijiy aktrisa uchun Sant Jordi Award
1987 Made in Heaven Lucille ankredited
1987 Siesta Claire
1989 Johnny Handsome 'Sunny' Boyd Nominatsiya—Chicago Film Critics Association Award for Best Supporting Actress
1989 Sea of Love Helen Cruger Nominatsiya—Chicago Film Critics Association Award for Best Actress
1991 Switch Amanda Brooks Nominatsiya—American Comedy Award for Funniest Actress in a Motion Picture

Nominatsiya—Golden Globe Award for Best Actress — Motion Picture Musical or Comedy
1992 Mac Oona Goldfarb
1992 Man Trouble Joan Pruance
1992 Into the West Kathleen
1993 This Boy’s Life Caroline Wolff Hansen
1995 Bad Company Margaret Wells
1995 Wild Bill Calamity Jane
1996 The Fan Jewel Stern Blockbuster Entertainment Award for Favorite Supporting Actress — Adventure/Drama
1996 Mad Dog Time Rita Everly
1998 Fear and Loathing in Las Vegas Waitress At North Star Cafe
1999 Drop Dead Gorgeous Annette Atkins
1999 The White River Kid Eva Nell La Fangory
2000 Crime and Punishment in Suburbia Maggie Skolnick
2000 Mercy Detective Cathy Palmer
2001 Someone Like You Diane Roberts
2004 She Hate Me Margo Chadwick
2004 Palindromes Joyce Victor
2004 Ocean's Twelve Abigail Sponder
2005 Trust the Man Norah
2007 Ocean's Thirteen Abigail Sponder
2009 Brooklynʼs Finest FBI Agent Smith
2009 Happy Tears Shelly
2010 Twelve Mrs. Brayson
2010 The Chameleon Kimberly Miller
2010 Shit Year Colleen West
2010 Operation: Endgame Empress
2011 Another Happy Day Lynn Hellman Nominatsiya— Womenʼs Image Network Awards for Best Actress in a Feature Film
2013 Very Good Girls Norma Berger
2014 The Cobbler Elaine Greenawalt
2016 Hands of Stone Stephanie Arcel
2017 Active Adults Lucy
2021 Breaking News in Yuba County Debbie
2022 The Man from Toronto The Handler
2022 The Out-Laws Lily McDermott [13]

Televizion rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1981 Kent State Student Televizion film
1981 Weʼre Fighting Back Chris Capoletti Televizion film
1982 Parole Donna Televizion film
1984 Terrible Joe Moran Ronnie Televizion film
1986 Act of Vengeance Annette Gilly Televizion film
1986 The Princess Who Had Never Laughed Princess Henrietta Televizion film
1988 Clinton and Nadine Nadine Powers Televizion film

Nominatsiya—CableACE Award for Best Actress in a Miniseries or a Movie
1997 Before Women Had Wings Glory Marie Jackson Televizion film

Primetime Emmy Award for Outstanding Lead Actress in a Miniseries or a Movie

Satellite Award for Best Supporting Actress — Series, Miniseries or Television Film

Nominatsiya—Golden Globe Award for Best Actress — Miniseries or Television Film
2001 King of the Hill Lenore (dublyaj) Epizod: „Hank and the Great Glass Elevator“
2012 Modern Family Mitzi Roth Epizod: „Send Out the Clowns“
2012-2013 The New Normal Jane Forrest 22ta epizod
2015 Happyish Dani Kirschenbloom 9ta epizod
2016-2019 Animal Kingdom Janine 'Smurf' Cody 46ta epizod
2017 The Immortal Life of Henrietta Lacks Sasha Walz Televizion film

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Witchel, Alex. „Ellen Barkin Is No Uptown Girl“. The New York Times Magazine (22-aprel 2011-yil). Qaraldi: 24-aprel 2011-yil. „Barkin, who turned 57 on April 16 ...“.
  2. Witchel, Alex. „Ellen Barkin Is No Uptown Girl“. The New York Times Magazine (22-aprel 2011-yil). Qaraldi: 24-aprel 2011-yil. „Barkin, who turned 57 on April 16 ...“.Witchel, Alex (April 22, 2011). „Ellen Barkin Is No Uptown Girl“. The New York Times Magazine. Retrieved April 24, 2011. Barkin, who turned 57 on April 16 …
  3. Hoffman, Jan. „Film; Ellen Barkin: Is She Difficult Or Just Straight Outta Queens?“. The New York Times (4-aprel 1993-yil). Qaraldi: 29-mart 2008-yil.
  4. „He Doesn't Play a Doctor on TV – But Give Him Time“. The Atlanta Journal and The Atlanta Constitution (27-may 2001-yil). Qaraldi: 14-sentabr 2010-yil.
  5. Kempley, Rita. „The Big Time of Ellen Barkin; Acclaimed as an Actress, She's Now Shooting Toward Stardom“. The Washington Post (28-avgust 1987-yil). 20-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-mart 2008-yil.
  6. „Ellen Barkin on her 'New Normal' role“. SFGate (25-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 15-oktabr 2012-yil.
  7. Witchel, Alex. „Ellen Barkin Is No Uptown Girl“. The New York Times Magazine (22-aprel 2011-yil). Qaraldi: 24-aprel 2011-yil. „Barkin, who turned 57 on April 16 ...“.Witchel, Alex (April 22, 2011). „Ellen Barkin Is No Uptown Girl“. The New York Times Magazine. Retrieved April 24, 2011. Barkin, who turned 57 on April 16 …
  8. Andreeva. „Ellen Barkin & Scott Speedman To Star In John Wells' TNT Pilot 'Animal Kingdom'“. Deadline Hollywood (29-iyul 2015-yil). Qaraldi: 23-yanvar 2016-yil.
  9. Seth Kelley. „'Animal Kingdom': Ellen Barkin & Others Talk TNT Drama at Tribeca - Variety“. Variety (17-aprel 2016-yil). Qaraldi: 1-may 2016-yil.
  10. „Tribeca Film Festival 2016: Ellen Barkin talks Animal Kingdom - EW.com“. Entertainment Weekly's EW.com. Qaraldi: 1-may 2016-yil.
  11. 11,0 11,1 Witchel, Alex. „Ellen Barkin Is No Uptown Girl“. The New York Times Magazine (22-aprel 2011-yil). Qaraldi: 24-aprel 2011-yil. „Barkin, who turned 57 on April 16 ...“.Witchel, Alex (April 22, 2011). „Ellen Barkin Is No Uptown Girl“. The New York Times Magazine. Retrieved April 24, 2011. Barkin, who turned 57 on April 16 …
  12. „Movie & TV News“. IMDb (3-iyul 2000-yil). Qaraldi: 1-may 2016-yil.
  13. Grobar. „'The Out-Laws': Ellen Barkin, Nina Dobrev, Michael Rooker, Lil Rel Howery & More Round Out Cast Of Netflix Action Comedy“ (inglizcha). Deadline (28-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 7-mart 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]