Elle Macpherson
| Elle Macpherson | |
|---|---|
|
Macpherson 2011-yilda Sidneyda | |
| Tavalludi |
Eleanor Nancy Gow 29-mart 1964-yil[1][2] |
| Fuqaroligi | Avstraliya |
| Turmush oʻrtogʻi |
Gilles Bensimon (1986–1989) Jeffrey Soffer (2013–2017) |
| Bolalari | 2 |
| Otasi | Peter Gow |
| Onasi | Frances Gow |
| Qarindoshlari | Mimi Macpherson (opasi) |
| Modellik | |
| Boʻyi | 182 cm (5 ft 11 1⁄2 in) |
| Soch rangi | och jigarrang[3] |
| Koʻz rangi | jigarrang[3] |
| Agentlik | |
Eleanor Nancy Macpherson (qizlik familyasi: Gow; 1964-yil 29-martda tugʻilgan) – model, tadbirkor ayol, teleboshlovchi va aktrisa.
Macpherson 1980-yillardan boshlab Sports „Illustrated Swimsuit Issue“ jurnali muqovasida rekord darajada yaʼni 5 marta koʻrinish bergan. Shu sababli unga 1989-yilda „Time“ jurnali tomonidan „The Body“ laqabi berilgan. Model „Elle Macpherson Intimates“ (ichki kiyimlar liniyasi) va „The Body“ (teri parvarishi mahsulotlari liniyasi) kabi bir qator biznes loyihalarning asoschisi, bosh modeli va ijodiy direktori hisoblanadi. Macpherson 2010–2013-yillar davomida „Britain & Ireland’s Next Top Model“ loyihasining boshlovchisi va ijrochi prodyuseri boʻlgan. Shuningdek, u NBC telekanalining „Fashion Star“ shousi ijrochi prodyuseri boʻlib, birinchi mavsumda dastur boshlovchisi sifatida chiqish qilgan.
Aktyorlik faoliyatida esa Macpherson „Sirens“ (1994), „The Mirror Has Two Faces“ (1996) filmlarida ikkinchi darajali rollarni, „Batman and Robin“ (1997) filmida esa Julie Madison rolini ijro etgan. U „The Edge“ (1997) va „South Kensington“ (2001) filmlarida bosh rollarni oʻynagan. Shuningdek, Macpherson „Friends“ serialida rol ijro etgan, „Saturday Night Live“ dasturining bir sonini olib borgan.
Yoshlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Macpherson 1964-yil 29-martda Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatidagi Killara shahrida dunyoga kelgan. Tugʻilgan vaqtidagi ismi Eleanor Nancy Gow. Otasi Peter Gow tadbirkor, „Cronulla-Sutherland Sharks“ regbi jamoasi sobiq prezidenti, onasi Frances Gow esa hamshira boʻlgan. Macphersonning ota-onasi u 10 yoshligida ajrashgan, Macpherson esa onasi va ikki singlisi bilan birga yashagan. Keyinchalik onasi qayta turmush qurgan, yangi maktabda roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida xatolik yuz bergani sababli familiyasi Gowdan oʻgay otasining familiyasi Macphersonga oʻzgartirilgan[6].

Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Low, Jenny Ann „Supermodel Elle Macpherson still stunning at 50“. Sydney Morning Herald (2014-yil 30-mart). 2014-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-iyul.
- ↑ „BIOGRAPHY: Elle Macpherson Lifetime“. Thebiographychannel.co.uk (1964-yil 29-mart). 2013-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 Elle Macpherson profile at fashionmodeldirectory.com; retrieved 8 August 2008.
- ↑ „Elle MacPherson“. www.dmanagementgroup.com.
- ↑ „Elle Macpherson Agent & Speaker“. Kruger Cowne Ltd.
- ↑ Davidson, Andrew. „Elle Macpherson looks good with Intimates“. The Sunday Times (2008-yil 23-mart). 2011-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vikiomborda Elle Macpherson mavzusiga oid fayllar bor. Wikimedia Commonsda Elle Macpher commons:Category:Elle Macphersonga bogʻliq- Elle Macpherson Instagram sahifasi
- Elle Macpherson on AskMen
- Elle Macpherson IMDbda
- Elle Macpherson Celebrity Style Profile (14 April 2012)
- Sports Illustrated Swimsuit Collection of Elle Macpherson
- Elle Macpherson interviewed by Ginny Dougary (2005)
- Elle Macpherson interview by Harper’s Bazaar Australia (2007-yil oktyabr)