Elisaveta Bykova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Elisaveta Bykova
Elisaveta Ivanovna Bykova
Bykowa,Jelisaweta.jpeg
Elisaveta Ivanovna Bykova, 1933-yil
Tugʻilgan sanasi: 4-noyabr 1913-yil
Tugʻilgan joyi: Bogolyubovo, Rossiya imperiyasi
Vafot sanasi: 8-mart 1989-yil (75 yosh)
Vafot joyi: Moskva, Sovet Ittifoqi
Unvoni: Grossmeyster

Elisaveta Bykova (toʻliq ism sharifi - Elisaveta Ivanovna Bykova) — Ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatining ikki karra chempioni boʻlgan sovet shaxmatchisi.[1]

Bolaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1913-yil 4-noyabrda Sovet Ittifoqining Bogolyubovo shahrida tavallud topgan Elisaveta Bykova yosh vaqtidan sportga qadam qoʻydi. Elisaveta bolaligidan aniq fanlarga qiziqqan. 12 yoshidan boshlab shaxmat bilan shugʻullanishni boshladi. Otasi dehqon boʻlgan va oilasi bilan keyinchalik Moskvaga koʻchib oʻtishgan. Maktabda tirishqoqlik bilan oʻqigan va aʼlo bahoda tugatgan. Shundan soʻng texnikumga oʻqidi va 1931-yilda Moskva aloqa institutiga talaba boʻldi. Dastlab kichik turnirlarda qatnashib boshlagan va U 1930-yillardan kattaroq turnirlarda gʻolib chiqishni boshladi. 1934-yilda qiz Markaziy statistika boshqarmasida kotib lavozimini egalladi.[2]

Shaxmatdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elisaveta Bykova o'yin vaqtida

1938-yilda u ayollar oʻrtasidagi Moskva chempionatida gʻolib chiqdi va Ikkinchi Jahon urushidan keyin u Sovet ayollar oʻrtasidagi shaxmat chempionatining uch karra gʻolibi boʻldi (1946, 1947 va 1950). 1952-yilda Moskvada oʻtkazilgan ayollar nomzodlari turnirida gʻalaba qozonganidan soʻng, 1953-yilda u Leningradda amaldagi chempion Lyudmila Rudenkoni ettita gʻalaba, beshta magʻlubiyat va ikkita durang bilan magʻlub etdi. U 1956-yilda Olga Rubtsovaga yutqazib qoʻydi, ammo ikki yildan soʻng uni qaytarib oldi va bu sovrinni qoʻlga kiritgan birinchi ayol boʻldi.

1960-yilda u Kira Zvorykina (+6 -2 =5) ga qarshi chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qilgan boʻlsa, 1962-yilda 21 yoshli Nona Gaprindashvili (+0 -7 =4) ga qarshi oʻyinda chempionlik unvonini boy berdi.

Elisaveta Bykova Yugoslaviyaning pochta markasida

Shaxmat targʻiboti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urush boshlanganidan keyin Bykova Markaziy Statistika boshqarmasidan isteʼfoga chiqdi va bosmaxonaga ishga ketdi. Poytaxt korxonalari rahbarlari Elizabetni muntazam ravishda ishchilar jamoalari bilan uchrashuvlarga taklif qilishardi. Shaxmatchi simulyalar berib, oʻtmishning ajoyib oʻyinlari haqida gapirib berdi. 1960-yillarning oʻrtalarida Elizabet turnirdagi faoliyatini qisqartirdi. Bykova „Shaxmat maktabi“ teledasturining direktori boʻldi. Sobiq jahon chempioni yigirma yil davomida telejurnal uchun materiallar tayyorlab kelgan. 1976-yilda FIDE uch karra Sovet Ittifoqi chempioniga ayollar grossmeysteri unvonini berdi.


Taniqli shaxmatchi 1989-yil mart oyida vafot etdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Elizaveta (Elizabeth) Bykova“. worldchesshof.org. Qaraldi: 10-iyul 2022-yil.
  2. „Биография чемпионки мира“. chess-boom.online. Qaraldi: 10-iyul 2022-yil.