Elena Gheorghe
Elena Gheorghe | |
---|---|
![]() Gheorghe 2009-yilgi 2009-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovi yarim finalidan so‘ng Moskvadagi yig‘ilishda ishtirok etdi. | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
30-iyul 1985-yil |
Janrlar | Pop, raqs, house |
Kasbi | qoʻshiqchi |
Leybllar | Cat Music, Major, Roton |
Fuqaroligi | Ruminiya |
Turmush oʻrtogʻi | Cornel Ene |
Veb-sayt | elenagheorghe.ro |
Elena Gheorghe (rumincha talaffuz: [eˈle.na ˈɡe̯orɡe]; 1985-yil 30-iyulda tugʻilgan) – ruminiyalik qoʻshiqchi. 2000-yillarning birinchi yarmida Ruminiyaning Mandinga pop guruhiga qoʻshilgan va ushbu guruh bilan birgalikda ikkita albom chiqargan. 2006-yilda guruhni tark etib, yakkaxon ijod yoʻlini tanlagan. Debyut qoʻshigʻi „Vocea Ta“ Ruminiyaning Top 100 reytingida eng yaxshi oʻntalikka kirgan.
Yoshligi va ilk faoliyat yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elena Georghe 1985-yil 30-iyulda Ruminiyaning Buxarest shahrida arumin ruhoniy Georghe Gheorghe oilasida dunyoga kelgan. Ajdodlarining koʻpchiligi pravoslav ruhoniylari boʻlishgan. Singlisi Ana jurnalist, akasi Costin esa sobiq futbolchi boʻlgan. Onasi Mărioara esa Georghe xalq artisti hisoblanadi. Georghe uch yoshida „Sus în Deal în Poieniţă“ qoʻshigʻi bilan musiqa sahnasida debyut qilgan. 11 yoshida Bolalar Milliy Saroyiga qoʻshilib, u yerda xonandalik saboqlarini olgan. 2000-yilda Baya-mare shahrida oʻtkazilgan „Little Bear“ tanlovida Whitney Houstonning „One Moment In Time“ qoʻshigʻini ijro etgan va oltin sovrinni qoʻlga kiritgan. 2001-yilda esa Mamaia festivalida ishtirok etgan.
Elena Georghe ham rumin, ham arumin hisoblanadi[1][2].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gheorghe 2003-yil boshida latino janridagi mashhur guruh Mandinga bilan qoʻshiq kuylashni boshlagan. Oʻsha yilning iyun oyida Mandinga oʻzining „…De Corazón“ deb nomlangan ilk albomini chiqargan. 2005-yil mart oyida guruh „My Sun“ qoʻshigʻi bilan Ruminiya „Eurovision“ milliy saralash bosqichida 4-oʻrinni egallagan. Bu qoʻshiq bir yil oʻtib oltin disk bilan taqdirlangan. 2006-yil yanvar oyida Gheorghe „Passitos“ deb nomlanuvchi raqs maktabini ochgan. Oradan bir oy oʻtib esa Mandinga bilan hamkorligini yakunlab, musiqiy prodyuser Laurenţiu Duţă koʻmagida yakkaxon ijodini boshlagan[ iqtibos kerak ].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Elena Gheorghe“. 2009-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-mart.
- ↑ „Elena Gheorghe şi Laurenţiu Duţă pleacă la Moscova - Cotidianul“. 2009-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-may.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiomborda Elena Gheorghe haqida turkum mavjud |
- Official hi5 profile (Wayback Machine saytida 2008-yil 27-mart sanasida arxivlangan)
- Official YouTube Channel