Elektrvakuum asboblar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elektrvakuum asboblar — elektromagnit energiyani generatsiyalash (hosil qilish), kuchaytirish va oʻzgartirish uchun moʻljallangan, ish boʻshligʻidan havosi soʻrib olingan va atrofdagi atmosferadan qattiq qobiq bilan himoyalangan qurilmalar. Choʻgʻlanma lampalar, elektronvakuum asboblar, gaz razryadli elektron asboblar (ion asboblar), elektrvakuum diod va boshqalar asboblar Elektrvakuum asboblar a. jumlasiga kiradi. Elektronvakuum asboblar (triodlar, tetrodlar, pentodlar, kineskoplar va boshqalar) da elektronlar oqimi vakuumdan oʻtadi, gaz razryadli elektron asboblar (simobli ventillar, gaz razryadli indikatorlar va boshqalar) da elektronlar oqimi gazdan oʻtadi; elektrvakuum diodlar oʻrniga foydali ish koeffitsiyenti (f. i. k.) katta boʻlgan yarimoʻtkazgichli diodlar ishlatilmoqda. Elektrvakuum asboblara. uyroʻzgorda, biologiya, fizika va kimyoda, sanoat tarmoqlarida qoʻllanadi.