Elektrotexnika poʻlati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Elektrotexnika poʻlati — magnit jihatdan yumshoq yupqa list poʻlat. Elektrotexnika jihozlari (transformator, generator va boshqalar)ning magnit oʻtkazgichi (oʻzagi) ni yasash uchun ishlatiladi. Magnit xossasi darajasiga qarab, poʻlatga har xil miqdorda kremniy qoʻshib legirlanadi. Elektrotexnika poʻlati texnologiyasiga qarab, sovuqlayin prokatlanadi (izotropli yoki anizotropli; 3,3% gacha §1) yoki qizdirib prokatlanadi (izotropli; 4,5% gacha 81); legirlovchi qoʻshilmalar sifatida 0,5% gacha 81 qoʻshish mumkin. Elektrotexnika poʻlati list (rulon) va 0,05 – 1 mm qalinliqsagi ensiz lenta koʻrinishda ishlab chiqariladi. U elektromagnit xossasi (koersitiv kuch, magnit induksiyasi va boshqalar) bilan, magnit xossalarining izotopligi, geometrik oʻlchamlari, sifati va boshqalar bilan ifodalanadi.