Elektron musiqa cholgʻulari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Elektron musiqa cholgʻulari — zamonaviy musiqa cholgʻulari turi; tovushi elektron qurilmalar yordamida elektr signallarni hosil qilish, kuchaytirish hamda oʻzgartirish yoʻli bilan paydo boʻladi. Ilk namunasi — telarmonium 1897 yilda amerikalik prof. T. Kaxill tomonidan ixtiro qilingan. Unda ijro etilgan musiqa asarlari Nyu-York telefon tarmogʻi orqali uzatilgan. 1920 yilda rus muhandisi L. Termen havaskor musiqachilarga moʻljallangan bir ovozli termenvoksni kashf qilgan. 1934 yilda L. Xammond birinchi koʻpovozli elektroorganni ishlab chiqqan. Keyinchalik sintezator, orkestrator, 1980—90 yillarda klavinova, raqamli piano va royal kabi klavishli, ritm mashina, raqamli barabanlar kabi urma va boshqalar turlari rivoj topdi. Hozirgi Elektron musiqa cholgʻularich. elektr signallarni hosil qilish (elektromagnit generatori yoki ossillyator), ularni oʻzgartirish (modulyator, filtr, feyzer, multieffektor, miksher, turli protsessorlar, kuchaytirgichlar), yozib olish (sekvenser, sempler), xotirada saqlash (turli disklar), tovushlarga aylantirish (akustik tizimi, dinamiklar) kabi qurilmalardan iborat. Anʼanaviy musiqa cholgʻularidan farqli oʻlaroq Elektron musiqa cholgʻularich. barcha (musiqiy ohang va usullar bilan birga turli tabiiy va sunʼiy) tovushlarni elektronraqamli shakliga aylantirib (mas, sempler yordamida) xotiraga oladi hamda cheksiz imkon darajasida oʻzgartira oladi. Elektron musiqa cholgʻularich. popmusiqa, elektron musiqada, shuningdek, turli fonogrammalarni tayyorlashda keng foydalaniladi. Oʻzbekistonda, asosan, 1980 yillardan tarqala boshladi.

Muhiddin Nosirov.