Elektr yoyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elektr yoyi (Volta yoyi) — elektrodlar orasida havo (gaz)da hosil boʻladigan elektr razryadi. Bunda ravshan yerugʻlanish yuz beradi va yuqori temperatura paydo boʻladi. Tok kuchi katta va gaz oqimi kuchli boʻlsa, temperatura 5000° K gacha yetishi mumkin. Elektrodlar gorizontal joylashtirilganda elektr razryadi qizdirgan gaz oqimlari taʼsirida yorugʻlik yoy shaklini oladi. Ikkita koʻmir elektrod orasida havoda hosil boʻlgan Elektr yoyini birinchi marta rus olimi V.V.Petrov va ingliz olimi G. Devi kuzatishgan (1802) va taʼriflashgan (1803). G. Devi Elektr yoyini volta yoyi deb atagan. Atmosfera bosimiga yaqin va undan yuqori bosimlarda har qanday gazda Elektr yoyi paydo boʻlishi mumkin. Elektr yoyining voltamper xarakteristikasi pasayib boruvchi hisoblanadi; tok koʻpaygan sari elektrodlar orasida kuchlanish pasayib boradi. Elektr yoyi elektrometallurgiyada, yorugʻlik texnikasida va, ayniqsa, elektr payvandda (qarang Payvandlash) qoʻllanadi. Texnikaning baʼzi sohalarida (mas, yuqori kuchlanishlar texnikasida) Elektr yoyi hodisasi zararli hisoblanadi. Elektr yoyini soʻndirish uchun moyli, havoli, elektrgazli yoy soʻndirish qurilmalaridan, magnit soʻndirish usuli va b dalaniladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]