Akkumulyatorlar batareyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

AKKUMULYATORLAR BATAREYASI, elektr akkumulyatorlar batareyasi — kuchlanish, tok kuchi, elektr zaryadi yoki quvvat olish uchun elektrik tutashtirilgan bir turdagi akkumulyatorlar guruhi. Akkumulyatorlar parallel ulanganda Akkumulyatorlar batareyasidagi kuchlanish har qaysi element kuchlanishiga, umumiy elektr zaryad esa alohida akkumulyatorlarning elektr zaryadlari yigʻindisiga teng boʻladi. Ketma-ket ulanganda eyuk lar qoʻshiladi. Elektr zaryadi va kuchlanishni kuchaytirish uchun akkumulyatorlar aralash (ham ketma-ket, ham parallel) ulanadi. Bunday Akkumulyatorlar batareyasi do-imiy tok manbai hisoblanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil