Elbek Shukurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elbek Habibullayevich Shukurov (1988-yil 18-martda Toshkent shahrida tugʻilgan) — Toshkent shahri Sergeli tumani hokimi. 2009-yil Toshkent agrar universitetini bakalavriat bosqichini tamomlagan[1]. Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining aʼzosi[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyatini 2005-yilda Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatida boshlagan. 2013—2015-yillarda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimida ishlagan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hamda O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari boʻlgan. 2017-yilning iyulidan 2018-yil avgustgacha Yoshlar ittifoqining Toshkent kengashini boshqargan. Toshkent hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan. 2018—2020-yillarda Toshkent shahar hokimining ijtimoiy rivojlantirish, yoshlar siyosati va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 2020-yildan to hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari boʻlgan.

Sergeli tumanining avvalgi hokimi Baxtiyor Abduvohidovich Shomurodov avgust oyi boshida egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Murod Turg‘unovich Isaboyevga vaqtinchalik Sergeli tumani hokimi vazifasini bajarish yuklatilgandi. 2021-yil dekabrda Jahongir Ortiqxoʻjayev Elbek Shukurov, ularning o‘rinbosarlari va sektor rahbarlariga nisbatan oylik ish haqidan 30 foiz jarima jazosi qo‘llangan.

Shukurov „mehnatda tashabbuskorligini rag‘batlantirish“ maqsadida o‘ziga 35 million so‘m miqdorda ustama haqi belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Uning Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida aytishicha, tuman hokimlarining oyligi 5-6 million so‘m atrofida[3].

Elbek Shukurov pandemiya vaqtida mural chizdirgan. Mural yuzasidan Shukurov: „Menimcha, bu asar pandemiya qurbonlari uchun o‘ziga xos yodgorlik va ular xotirasi uchun hurmat belgisi bo‘ldi. Yaratilgan obraz — fuqarolar eʼtiborini yana bir bor shifokorlarimiz mardligi va jasoratiga qaratish uchun imkoniyat“ deb aytgan[4].

Hasan Maycheyev Elbek Shukurov bilan hamkorlikda mural chizishga ruxsat olgan[5].

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida mazkur partiya vakili Elbek Shukurov o‘zboshimchalik bilan qurib olingan obyektlar hamda Oʻzbekiston respublikasi qonunlariga xilof ravishda qurilgan binolar xususida fikr bildirib o‘tgan. Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari „Sobiq Sovet ittifoqidan qolgan meros“ haqidagi posti haqida izoh berdi va uzr soʻradi[6].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shukurov Captiva avtomobil rusumidan foydalanadi[7]. U Gulnoza Saidovaga „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik ko‘krak nishonini topshirgan[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Elbek Shukurov Sergeli tumani hokimi lavozimiga tayinlandi“ (2020-yil 25-avgust). 2022-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-oktyabr.
  2. „Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi“ (2022-yil 10-avgust). 2022-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-oktyabr.
  3. „Jahongir Ortiqxo‘jayev Qo‘yliq bozorini ko‘chirish zarurat ekanini aytgan Bektemir hokimini rag‘batlantirdi, o‘zini o‘zi mukofotlagan Sergeli hokimini esa jazoladi“ (2021-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
  4. „“Devorga har xil so‘zlarni yozib ketgandan ko‘ra, chiroyli surat turgani yaxshi”. Toshkent shahar hokimligi poytaxtda ko‘p qavatli uylarga murallar chizish ishlari boshlanishini ma’lum qildi“ (2022-yil 2-mart).
  5. „“Chizilgan asar qanchalik tanqidiy bo‘lmasin, o‘chirilmasligi shart”. Toshkent binolarini bezayotgan mural va strit-art ijodkorlarining muammolari o‘ylaganimizdan-da ko‘pmi?“ (2022-yil 10-mart). Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  6. „Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari “Sobiq Sovet ittifoqidan qolgan meros” haqidagi posti haqida izoh berdi va uzr soʻradi“ (2022-yil 7-avgust). 2022-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-oktyabr.
  7. „Ortiqxo‘jayevdan poytaxtning sobiq rahbarigacha. Toshkent hokimlari qaysi rusumdagi xizmat mashinasidan foydalanadi?“ (2022-yil 13-aprel). Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  8. „“Biz ham hayotning tekis ko‘chalarida yurishni xohlaymiz”. Kutilmaganda oyoq-qo‘li ishlamay, bir kunda harakatdan qolgan Gulnoza Saidova kechinmalari“ (2022-yil 22-aprel). Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.