Elbarsxon (xon)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Elbarsxon (? 1739.27.11) - Xiva xoni (1728—39). Shohniyozxon oʻgʻli. E. davrida mamlakatda ichki nizolar davom etgan. 1736 yil Shergʻozixonnshi katta oʻgʻli Ergʻozi sulton Shohobodda unga qarshi kurash boshlagan. Xonlikdagi mangʻitlar va qoraqalpoqlar ham bosh koʻtargan. E. ularga qarshi kurash bilan bir Qatorda qoʻshni davlatlar hududiga ham chopqunlar uyushtirgan. 1736 yil E. 3 ming turkman askarlarini Chin Vakil yovmut boshchiligida Xurosonga joʻnatgan. Bu qoʻshin Mand tekisligi va Olatogʻ atrofida qizilboshlilar qoʻshini ustidan zafar qozonib, katta oʻlja bilan qaytgan. Bu paytda Nodirshoh Shemaxani bosib olib Ganjada turgan edi. 1738 yil Nodirshohning oʻgʻli Rizoquli mirza Balxni egallab, Movarounnahrga yurish boshlagan. Buxoro xoni Abulfayzxon E.dan koʻmak soʻragan. E. katta koʻshin bilan Buxoroga otlangan, biroq yoʻlda Abulfayzxonni qizilboshlilar bilan sulh tuzganidan voqif boʻlgach, orqaga qaytgan. 1739 yil fevralda E. oʻzbek va turkmanlardan tashkil topgan qoʻshin bilan Xurosonga yurish qilib, Niso va Obivard atrofini talontoroj qilib Xivaga qaytgan. 1739 yil oktyabrda Nodirshoh Buxoroni olib, Xivaga qoʻshin tortgan. Tuyamoʻyin, Pitnak, Hazoraspda xivaliklar magʻlub boʻlgan. Eron qoʻshini Xonqani 7 kunlik qamaldan soʻng egallagan, E. va uning 20 ta amiri asir olingan. Nodirshoh ularni qatl ettirib, Xivaga yurish qilgan va 3 kunlik qamaldan soʻng uni bosib olgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Materialn po istorii kazaxskix xanstv XV-XVIII vv., AlmaAta, 1969.