Elastiklik nazariyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Elastiklik nazariyasi — mexanikaning tinch yoki harakatlanuvchi jismlarda yuk (kuch) taʼsirida hosil boʻladigan siljish, deformatsiya va kuchlanishlarni oʻrganadigan boʻlimi. Kuch, tra, radioaktiv nurlanish va boshqalar taʼsirida boʻlgan har xil jismlar (mashinalar, inshootlar, konstruksiyalar va ularning elementlari, toʻgʻonlar, geologik strukturalar, tirik organizm qismlari va h.k.) Elastiklik nazariyasi usullarida tekshiriladi. Elastiklik nazariyasi usullari vositasida obʼyekt (mashina, inshoot va boshqalar)ning mustahkamlik chegarasini hamda uning ishlash jarayonida ruxsat etilgan kuchlanishlar chegarasini hisoblash, inshootlar, konstruksiya va detallarning optimal oʻlchamlarini aniqlash, dinamik taʼsirlar, mas, elaspgik toʻlqinlar tarqalganda ularda paydo boʻladigan ortiqcha kuchlanishlarni belgilash, konstruksiyaning tebranishlar amplitudasi, chastotasi hamda ularda hosil boʻladigan dinamik kuchlanishlarni hisoblash, hisoblanayotgan obʼyektning ustuvorligini yoʻqotuvchi kuchlar qiymatini aniqlash mumkin. Shunday hisoblashlar yordamida qurilishi lozim boʻlgan obʼyekt uchun materiallar ham tanlanadi. Plastiklik nazariyasining bazʼi masalalarini yechishda (mas, ketmaket yaqinlashish usulida) ham Elastiklik nazariyasi qoʻllaniladi.

Elastiklik nazariyasi texnika va sanoatning turli sohalarida, mas, qurilish ishlarida, aviatsiya va raketasozlik, mashinasozlik, togʻkon ishlarida, shuningdek, fizika, seysmologiya, biomexanika va boshqalar fanlarda mustahkamlik, deformatsiyalanish va ustuvorlik hisoblarining nazariy asosini tashkil qiladi.