Elastik tog'ay to'qimasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elastik tog‘ay quloq suprasida, hiqildoqda (shoxchasimon va ponasimon tog‘aylarda), hiqildoq usti tog‘ayida uchraydi. Ular sarg‘ish rangli, xira bo‘ladi. Tuzilishi jihatidan gialin tog‘ayini eslatadi. Hujayrasi yumaloq shaklga ega boʻlib, yakka-yakka yoki izogen gruppani hosil qilib joylashadi. Elastik tog‘ay hujayralarining sitoplazmasida gialin tog‘aydan farqli ravishda yog'va glikogen kam to‘planadi. Hujayralararo moddasida kollagen tolalari bilan bir qatorda elastik to‘rni hosil qiluvchi elastik tolalarni koʻrish mumkin. Bu elastik tolalar togʻay ust pardasiga o‘tibketadi. Elastik togʻayda ohaklanish kuzatilmaydi.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. Gistalogiya. Ibn Sino — 203 bet. 12-dekabr 2022-yilda qaraldi.  (Wayback Machine saytida 2022-07-09 sanasida arxivlangan)