Kontent qismiga oʻtish

El Temür

Vikipediya, erkin ensiklopediya
El Temür
Farzandlari

El Temür (xitoycha: 燕帖木兒; moʻgʻulcha:ᠡᠯᠲᠡᠮᠦᠷ; 1333-yilda vafot etgan) etnik qipchoq[1] amaldor boʻlib, u Yuan sulolasiga xizmat qilgan. El Temür 1328-yilda poytaxt Xonbaliqda To‘g‘on Temür (Venszun imperatori)ni Yuan imperatori qilib taxtga oʻtqazgan davlat toʻntarishining boshida turgan[2]. Xonbaliqdagi restavratsiyachilar Toʻgʻon Temür va El Temür rahbarligida Ikki poytaxt urushida gʻalaba qozonishdi. Shandu qoʻshinlari taslim boʻlgach, Toʻgʻon Temür ukasi Kusala (Minszun imperatori) foydasiga taxtdan voz kechdi. Kusala Chigʻatoy xoni Elchigidey tomonidan qoʻllab-quvvatlangan va Xonbaliqda uni kutib olish niyati borligini eʼlon qilgan. Biroq Kusala Toʻgʻon Temür bilan ziyofatdan atigi toʻrt kun oʻtib kutilmaganda vafot etadi, goʻyoki El Temür uni zaharlab oʻldirgan, soʻng u pro-Kusala amaldorlarini qatl qildirib, hokimiyatni harbiy sarkardalar qoʻliga topshirgan. Ularning zoʻravon boshqaruvi Yuan sulolasi tanazzulini boshlab bergan.

Qizi Danashiri To‘xon Temür (Xuizun imperatori)ga turmushga chiqqan va undan oʻgʻil koʻrgan, biroq u bolaligida vafot etgan. El Temürning Tanggici ismli oʻgʻli ham boʻlgan va u ham ofitser edi.

El Temür kasal boʻlib qolib, 1333-yilda vafot etadi va uning farzandlari Danashiri hamda Tanggici 1335-yilda ilgari hamfitnadoshi boʻlgan Bayan tomonidan oʻldirilgan[3].

El Temür Yuan sarkardasi Tutuha (土土哈 1237–1297)ning nabirasi edi.

Ommabop madaniyatda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2013–2014-yillardagi MBC teleseriali Imperator ayol Kida aktyor Jeon Gook-hwan tomonidan tasvirlangan[4].

Qurusman avlodlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba[5]

  • Qurusman(忽魯速蠻/hūlŭsùmán)
    • Baltučaq(班都察/bāndōuchá)
      • Tudγaγ [mn; zh; ja](土土哈/Tŭtŭhā; توتقاق/Tūtqāq)
        • Taγačar(塔察兒/tǎcháér)
        • Tai buqa(太不花/Tàibùhuā)
        • Čonxur [mn; zh; ja](牀兀兒/Chuángwùér; جونكقور/Jūnkqūr)
          • Sevinču buqa(小雲失不花/Xiǎoyúnshī bùhuā)
          • Elči buqa(燕赤不花/yànchì bùhuā)
          • El temür(燕帖木兒/Yàntiēmùér)
            • Tangkiš [zh](唐其勢/Tángqíshì)
            • Taraqai(塔剌海/Tǎlàhǎi)
            • Današiri(答納失里/Dānàshīlǐ)
          • Sadun [zh](撒敦/Sādūn)
          • El tuqar(燕禿哈兒/Yàn tūhāér)
          • Dari(答里/Dálǐ)
          • Bübeqan(潑皮罕/Pōpíhǎn)
        • Berke buqa(別里不花/Biélǐ bùhuā)
        • Temür buqa(帖木兒不花/Tiēmùér bùhuā)
        • Qarči(歓差/huānchā)
        • Yoliγ temür(岳里帖木兒/Yuèlǐ tiēmùér)
        • Dalgurban(断古魯班/Duàngŭlŭbān)
  1. Lane, George. A Short History of the Mongols. Bloomsbury Publishing, 2018 — 183-bet. ISBN 978-1-78076-606-5. 
  2. Rossabi, Morris. Eurasian Influences on Yuan China, 23 May 2013 — 170-bet. ISBN 978-981-4459-72-3. Qaraldi: 2014-yil 14-avgust. 
  3. Atwood, Christopher P.. Encyclopedia of Mongolia and the Mongol Empire, 2004. ISBN 0-8160-4671-9. 
  4. „Empress Ki: Character Introductions“ (2013-yil 3-noyabr).
  5. Louis Hambis (1954). Le chapitre CVIII du Yuan che : les fiefs attribués aux membres de la famille impériale et aux ministres de la cour mongole d’après l’histoire chinoise officielle de la dynastie mongole. Monographies du Tʿoung pao, v. 3. Tableau15, généalogie des princes.