Ekvivalent tenglama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ekvivalent tenglama, teng kuchli tenglama — ildizlari berilgan tenglama ildizlari toʻplami (har bir ildizning karraligi ham) bilan bir xil boʻlgan tenglama. Tenglamaning ikki tomoniga bir xil qoʻphad qoʻshilsa yoki ikki tomoni noldan farqli biror songa koʻpaytirilsa, berilgan tenglamaga Ekvivalent tenglama hosil boʻladi. Tenglamaning ikki tomonini koʻphadga koʻpaytirib yeki boʻlib hosil qilingan tenglama, berilgan tenglamaga ekvivalent boʻlmaydi.