Ekvadorda Islom
Ekvadorda aholisi asosan nasroniylardan iborat. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar ozchilikni tashkil qiladi[1]. Mamlakatda musulmonlar diniy eʼtiqod qilish va ibodatxonalar qurish huquqiga ega. Pyu tadqiqot markazining hisob-kitoblariga koʻra, Ekvadorda 2000 ga yaqin musulmonlar yashaydi, bu 16,965,000 aholining 0,011 foizini tashkil qiladi.
Ekvadordagi birinchi musulmon muhojirlar asosan Birinchi jahon urushi davrida Yaqin Sharqdan va keyinchalik Usmonli imperiyasining hududlaridan koʻchib kelgan arablar edi. Ular asosan Kito, Ambato va Guayaquilga, shuningdek, Manabi, Los-Rios va Esmeraldas viloyatlaridagi kichikroq jamoalarga joylashganlar. Levantlik nasroniylar va musulmonlar 1940-yillarda Lekla va 1980-yillarda The Arab Club deb nomlangan dunyoviy etnik tashkilotlarni tuzdilar. Keyinroq, Misr elchixonasi xuddi shu maqsadlar uchun yana bir xususiy joy taqdim etdi. 1994-yil 15-oktyabrda tashkil topgan Centro Islámico del Ecuador hukumat tomonidan tan olingan birinchi musulmon diniy tashkiloti boʻlgan. Biroq, bu shaharda oʻz eshiklarini ochgan ilk tashkilot emas edi. Xolid ibn al-Valid nomli masjid 1991-yilda tashkil etilib, diniy marosimlarini shaxsiy xonadonda oʻtkazgan. Diniy faoliyatlar, shuningdek, ijtimoiy, madaniy va taʼlim tadbirlari sunniy islomi boʻyicha olib boriladi. Hozirda Xolid ibn al Valid masjidini Shayx Muhammad Mamduh boshqaradi va u Kitoda istiqomat qiluvchi barcha musulmonlar uchun ochiq. Yaqinda Spier (2022) Ekvadorning Kito shahrida islomofobiya kuchayishini tahlil qilgan tadqiqotni taqdim etdi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Young and Muslim in Ecuador | Samia Rahman“ (en). the Guardian (2010-yil 23-mart). Qaraldi: 2022-yil 28-noyabr.
- ↑ Spier, Troy (2022). "Islamophobia, Ideology, and Discourse Analysis in Ecuadorian Social Media". Lenguaje 50 (2): 322-357. doi:10.25100/lenguaje.v50i2.11867. https://revistalenguaje.univalle.edu.co/index.php/lenguaje/article/view/v50n02a05/pdf.