Ektogenez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ektogenez (ekto... va ...genez) 1) biologiyada mexanistik yoʻnalish. E. tarafdorlari organizmlar rivojlanishini faqat tashqi sharoitning taʼsiri bilan tushuntirishga urinishadi. Ularning fikricha, tashqi muhit sharoiti taʼsirining samarasi nasldan naslga ortib boradi va evolyutsion jarayonning muayyan yoʻnalishda borishini belgilab beradi. E. oqimi tarafdorlari tabiatdagi qandaydir oldindan belgilab qoʻyilgan maqsadga muvofiqlikni tan olishadi. Mexanolamarkizm — asosiy ektogenetik yoʻnalish hisoblanadi. 2) embrionning sunʼiy oziq muhitida (organizmdan tashqarida) rivojlanishi.