Ekstrazonal oʻsimliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ekstrazonal o`simliklardan yoʻnaltirildi)

Ekstrazonal oʻsimliklar (lot — oʻta va yun. — mintaqa) — oʻzi hosil qilgan oʻsimlik mintaqasidan, yaʼni oʻzining asosiy arealidan tashqarida joylashgan tabiiy oʻsimliklar. E.oʻ. oʻzi uchun ekologik jihatdan eng qulay boʻlgan hududlarda alohida orollar holida uchraydi. E.oʻ.ga choʻl zonasida alohida orollar hosil qiladigan eman oʻrmonlari, jan. tayga mintaqasidagi keng bargli oʻrmonlar, choʻl mintaqasidagi oʻtloqlar kiradi. Baʼzan E.oʻ. areali qisqarib borayotgan mintaqaviy relekt hisoblanadi (mas, tundra mintaqasidagi oʻrmon orollari).