Ekspressivlik (tilshunoslik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ekspressivlik (tilshunoslikda) — til birligining semantikstilistik belgilari majmui; til birligining aloqasoʻzlashuv jarayonida soʻzlovchining nutq mazmuniga yoki nutq qaratilgan shaxsga nisbatan subyektiv (ijobiy yoki salbiy) munosabatining ifoda vositasi boʻla olishini taʼminlaydi. E. tilning barcha sathlari birliklari uchun xosdir. Fonetik ekspressiv vositalar sifatida soʻz tarkibidagi undoshlardan birining qoʻshaloq holda yoki biror unlining choʻziq talaffuz etilishi, urgʻuning oʻrnini oʻzgartirish kabilarni koʻrsatish mumkin. Morfologik vositalar sifatida keng miqyosdagi erkalashkichraytish qoʻshimchalari (subyektiv baho ifodalovchi qoʻshimchalar)ni koʻrsatish mumkin (oyioyijon, ukaukaginam va boshqalar). Leksik ekspressiv vositalarga oʻz haqiqiy maʼnosidan tashqari uslubiy (salbiy yoki ijobiy) boʻyoqqa ega boʻlgan soʻzlar, undov soʻzlar va kuchaytiruv yuklamalari kiradi (mas, "qiltiriq" soʻzi ozgʻinlikni salbiy jihatdan ifodalaydi, baholaydi). Sintaktik sathda esa E. odatdagi soʻz tartibini oʻzgartirish, elliptik tuzilmalardan foydalanish, soʻz takrorlari orqali taʼminlanadi. Aloqasoʻzlashuv jarayonida lisoniy ekspressiv vositalar bilan parallel ravishda, nutq ekspressivligini kuchaytirishga koʻmak beruvchi koʻplab paralingvistik (nolisoniy) vositalar (tovushning balandligi va tembri, nutq surʼati, mimika, imoishora) ham qoʻllanadi. E. bevosita inson histuygʻularini ifodalash bilan bogʻliq boʻlganligi uchun uni emotsionallik (hissiyot, emotsiyani ifodalovchi soʻzlar va ulardan foydalanish)dan ajratib tasavvur etish qiyin. Hatto baʼzi tilshunoslarning asarlarida E. va emotsionallik kategoriyalari bir xil hodisa deb talqin qilinadi.

Neʼmat Mahkamov.