Ekologik valentlik
Ekologik valentlik — turning oʻzgaruvchan muhit sharoitiga moslanish darajasi. Miqdoriy jihatdan muhit sharoitining mazkur tur hayot faoliyati saqlanib qoladigan chegarada oʻzgarishi bilan ifodalanadi. Ekologik valentlikga turning bitta alohida omilga yoki bir qancha omillar kompleksiga nisbatan reaksiyasi sifatida qarash mumkin. Muayyan omilning keng koʻlamda oʻzgarishiga chidamli turlar "evri" qoʻshimchasi orqali belgilanadi (masalan, evritermlar — harorat taʼsiriga, evrigalinlar — shoʻrlanishga nisbatan va hokazo). Mazkur omilning tor koʻlamda oʻzgarishiga chidamli turlar "steno" qoʻshimchasi bilan ifodalanadi (masalan, stenotermlar, stenogalinlar). Kompleks omillarga nisbatan keng koʻlamdagi Ekologik valentlikga ega boʻlgan organizmlar evribiontlar, buning aksi stenobiontlar deyiladi. Evribiontlik turning turli xil yashash joyini egallashiga imkon bersa, stenobiontlik esa tur tarqalishi joyining keskin kamayishiga olib keladi. Bu tushunchalar turga nisbatan evritop va stenotip deb ataladi (qarang Ekologik omillar).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |