Eiza González
Eiza González | |
---|---|
![]() González 2021-yilda | |
Tavalludi |
30-yanvar 1990-yil[1] Mexiko shahri, Meksika |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | Aktrisa, xonanda |
Eiza González (talaffuzi: Elsa Gonsales; 1990-yil 30-yanvar) — meksikalik aktrisa va qoʻshiqchi.
Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eiza González 1990-yil 30-yanvarda Mexiko shahrida tugʻilgan. Onasi sobiq meksikalik model Glenda Reyna. 12 yoshida Gonzálezning otasi Carlos González avtohalokatdan vafot etadi. Gonzálezning bitta akasi bor. 2003-yildan 2006-yilgacha González turli aktyorlik va teatr kurslarida taʼlim oladi.
González ikki tillarda taʼlim beruvchi xususiy ikkita maktablar — „Edron Academy“ va „American School Foundation“da oʻqigan.[2] 2003-yildan 2004-yilgacha Eiza Patricia Reyes Spindola tomonidan boshqariladigan M&M studiyasida aktyorlik boʻyicha tahsil oldi. 14 yoshida González „Televisaʼs Centro de Educación Artística“ aktyorlik maktabiga qabul qilinadi, u yerda 2 yil oʻqiydi. 2008-yilda González New Yorkdagi Lee Strasberg aktyorlar studiyasida qatnashadi.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
González aktrisa sifatida ilk marotaba 2007-yilda Lola, érase una vez[3] serialida suratga tushgan. 2008-yil oxirida aktrisa EMI Televisa bilan shartnoma imzolaydi, natijada González xonanda sifatida oʻzining „Contracorriente“ ilk musiqiy albomini dastlab Meksikada, keyin esa AQShda chiqarishga erishadi.
González Always (2007-2008), Avon (2008-2009), Neutrogena (2015) reklama roliklarida suratga tushgan. Aktrisa tez-tez Glamour va Cosmopolitan jurnallarining meksikacha versiyalarining muqovasida paydo boʻldi. 2008-yilda González TVyNovelas eng yaxshi ayollar kashfiyoti mukofotini oldi.
2010-yilda González bosh rolni oʻynagan Sueña conmigo myuziklli teleserialning premyerasi boʻlib oʻtdi. Serialning mashhurligi tufayli 2011-yilning mart va iyul oylarida serial aktyorlari bilan birga butun Argentina boʻylab konsertlar berishiga sabab boʻldi.
2012-yil 5-iyun kuni Gonzálezning ikkinchi musiqiy albomi „Te Acordarás de Mí“ raqamli formatdada chiqarildi. Albom Meksikaning Top 100 chartida 66-oʻrinni va AQShdagi Billboardning Lotin Amerikasi pop-albomlarida chartida 14-oʻrinni egalladi.
2014-yilda aktirsa ishtirok etgan Casi Trienta komediyasi dunyo ekranlarida namoyish etildi. 2014-yildan 2016-yilgacha González From Dusk till Dawn: The Series[4] serialida, 2017-yilda esa Edgar Wrightning Baby Driver jangovar komediyasida rol oʻynaydi.
2018-yilda González ishtirokidagi Robert Zemeckisning Welcome to Marwen fantastik dramasining jahon premyerasi boʻlib oʻtdi. 2019-yilda González Paradise Hills fantastik melodramasida Amarna rolini oʻynadi. Bundan tashqari, oʻsha yili Alita: Jasur farishta filmi chiqadi, unda aktrisa Nissiana rolini oʻynadi.
2019-yildan 2020-yilgacha boʻlgan davrda aktrisani Hobbs & Shaw, Bloodshot va Firibgar ayol kabi yirik filmlarda ham koʻrish mumkin.
2021-yilda Godzilla Kongga qarshi fantastik jangari filmi chiqib, ushbu kinoda González bosh rollardan birini ijro etadi.
Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]
2011-yildan 2013-yilgacha González meksikalik tadbirkor Pepe Diaz bilan uchrashgan. González, shuningdek, aktyorlar Sebastyan Rulli, Liam Hemsworth[5] va futbolchi Cristiano Ronaldo[6] bilan munosabatlar oʻrnatgan, deyiladi. 2018-yilda u aktyor Josh Duhamel bilan uchrashadi[7]. 2020-yilning iyun-iyul oylarida González amerikalik aktyor Timothée Chalamet bilan uchrashgan[8].
Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Film[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Nom | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
2008 | Horton Hears a Who! | Jessica Quilligan (ovoz bergan) | Latin American Spanish (dublyaj) |
2013 | The Croods | Eep Crood (ovoz bergan) | Latin American Spanish (dublyaj) |
2014 | Casi Trienta | Cristina | |
2015 | Jem and the Holograms | Sheila „Jetta“ Burns | |
2017 | Baby Driver | Monica „Darling“ Castello | |
2018 | Welcome to Marwen | Caralala | |
2019 | Paradise Hills | Amarna | |
Alita: Battle Angel | Nyssiana | ||
Sheʼs Missing | Jane | ||
Hobbs & Shaw | Magarita / Madame M | ||
2020 | Bloodshot | Katie/KT | |
Cut Throat City | Lucinda Valencia | ||
I Care a Lot | Fran | ||
2021 | Godzilla vs. Kong | Maia Simmons | |
Spirit Untamed | Milagro Navarro-Prescott (ovoz bergan) | ||
Love Spreads | Patricia | ||
2022 | Ambulance | Cam Thompson |
Teleserial[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Nom | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
2007-2008 | Lola, érase una vez | Dolores „Lola“ Valente | 224 qism |
2008-2009 | Mañana es para siempre | Cecilia Acosta de Elizalde | |
2009 | Mujeres asesinas | Gabriela Ortega | Episode: „Tere, Desconfiada“ |
2010-2011 | Sueña conmigo | Clara Molina / Roxy Pop | 150 qism |
2012-2013 | Amores verdaderos | Nikki Brizz Balvanera | 181 qism |
2014-2016 | From Dusk till Dawn: The Series | Santanico Pandemonium | 30 qism |
TBA | Extrapolations | Elodie | |
TBA | The Three-Body Problem |
Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Contracorriente (2009)
- Te Acordaras de Mi (2012)
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Ritmoson Latino: Eiza González“ (es). esmas.com (19-yanvar 2011-yil). 19-avgust 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-dekabr 2013-yil.
- ↑ arxiv nusxasi, 2013-09-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-19
- ↑ Afirma Eiza Gonzblez que su prioridad es la mʼsica
- ↑ ʻFrom Dusk Till Dawnʼ Adds to Cast as El Rey Launch Nears
- ↑ Miley will not be pleased! Liam Hemsworth pictured with Mexican beauty Eiza Gonzales AGAIN after their wild weekend in Vegas… the same day he confirms split with Cyrus
- ↑ EIZA DOES IT Is this stunning Mexican actress Eiza Gonzalez Cristiano Ronaldoʻs new girlfriend?
- ↑ Getting Steamy! Josh Duhamel and Eiza Gonzalez Lock Lips While Vacationing Together in Mexico
- ↑ https://www.elle.ru/celebrities/zvezdy-razoshlis-timoti-shalame-i-eiza-gonsales-bolshe-ne-vmeste/
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Vikiomborda Eiza González haqida turkum mavjud |