Egli Kaja

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Egli Kaja
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Egli Kaja[1]
Tavallud sanasi 26-iyul 1997-yil (1997-07-26) (26 yosh)
Tavallud joyi Prelez i Jerlive, Ferizaj, Albaniya
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi qanot yarim himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Altrincham
Raqami 33
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2006 MHD
2006—2008 Kingstonian
2008—2015 AFC Wimbledon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2019 AFC Wimbledon 22 (0)
2016Lewes (ijara) 7 (1)
2018Livingston (ijara) 6 (0)
2019—2020 Northampton Town 4 (0)
2021—2022 AFC Wimbledon 5 (0)
2022 Hampton & Richmond Borough 2 (0)
2022 Altrincham 1 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 23-avgust uchun)

Egli Kaja (talaffuzi: Igli Kaja) (1997-yil 26-iyulda tugʻilgan) — albaniyalik professional futbolchi. Egli Kaja „Altrincham“ futbol klubida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Kaja, shuningdek, Albaniya milliy futbol terma jamoasi safida xalqaro miqyosda Albaniya sharafini himoya qiladi. Egli Kaja 2017-yil may oyida oʻzining birinchi xalqaro uchrashuvi uchun terma jamoa safiga chaqiruv oldi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kajaning futbolchilik karyerasi 2003-yilda „MHD“ futbol klubining yoshlar jamoasida boshlangan. Shundan keyin, u yerda Egli Kajaga „Middlesbrough“ futbol klubiga qoʻshilish imkoniyati taklif qilingan[2]. Ketma-ket uch mavsumda eng yaxshi toʻpurar boʻlgan Kaja 2006-yilda Londonga koʻchib oʻtgandan soʻng „Kingstonian“ futbol klubi safiga qoʻshilgan[3]. U klub safida yana bir bor yoshlar tarkibidagi eng yaxshi toʻpurar boʻlgan va „Wimbledon AFC“ tarkibiga qoʻshilish uchun „Chelsea“ futbol klubi tomonidan berilgan shartnomani rad etgan[2]. „Milan“ futbol klubida qisqa muddat sinovdan oʻtgandan soʻng, Egli Kaja keyinchalik stipendiya boʻyicha „Dons“ klubi safida maydonga tushdi[2].

Kaja 2015-yil aprel oyida „AFC Wimbledon“ futbol klubi bilan professional shartnoma imzolagan va 26-sentyabr shanba kuni jamoadagi debyut oʻyinini oʻtkazgan[4]. Egli Kaja „Wimbledon“ futbol klubi uchun birinchi golini 2017-yilning 29-avgustida „Barnet“ futbol klubiga qarshi EFL Trophy bahsida kiritgan[5].

2016-yil 16-dekabrda Kaja 2016—2017-yilgi Isthmian ligasida „Lewes“ futbol klubiga bir oyga ijaraga berildi[6]. Egli Kaja yangi klub safida 2016-yilning 31-dekabrida „Three Bridges“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (4:2 hisobida gʻalaba) maydonga tushdi[7]. Egli Kaja „Lewes“ klubi uchun oʻzining birinchi va yagona golini 2017-yilning 10-yanvarida „Herne Bay“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:4) kiritishga muvaffaq boʻldi[8].

2018-yil iyul oyida Kaja Shotlandiya Premer-ligasiga yangi qoʻshilgan jamoasi „Livingston“ futbol klubiga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi[9].

2019-yilning 2-sentyabrida Kaja 2020-yil yanvarigacha tekin transfer asosida „Northampton“ futbol klubiga qoʻshildi.

2021-yil 26-noyabrda Kaja qisqa muddatli shartnoma asosida „AFC Wimbledon“ futbol klubiga qaytdi[10].

2022-yil 5-avgustda, „AFC Wimbledon“ futbol klubidan ozod etilganidan soʻng, Kaja „Hampton & Richmond Borough“ futbol klubiga qoʻshildi[11].

„Hampton & Richmond Borough“ futbol klubiga qoʻshilganidan bir necha kun oʻtgach, Kaja „Altrincham“ futbol klubiga ijara shartnomasi asosida joʻnatildi[12].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
AFC Wimbledon 2015—2016 Ikkinchi liga 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
2016—2017 Birinchi liga 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2017—2018 Birinchi liga 19 0 0 0 1 0 4 2 24 2
Jami 22 0 0 0 1 0 4 2 27 2
Lewes (ijara) 2016—2017 Isthmian ligasi 7 1 0 0 7 1
Livingston (ijara) 2018—2019 Shotlandiya Premer ligasi 6 0 0 0 2 0 8 0
Northampton Town 2019—2020 Ikkinchi liga 4 0 0 0 0 0 0 0 4 0
AFC Wimbledon 2021—2022 Birinchi liga 5 0 2 0 0 0 0 0 7 0
Hampton & Richmond Borough 2022—2023 Milliy liga 2 0 0 0 0 0 2 0
Altrincham 2022—2023 Milliy liga 1 1 0 0 0 0 1 1
Jami 47 2 2 0 3 0 4 2 56 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Retained List 2016-17“. English Football League. Qaraldi: 13-iyun 2017-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 Underwood. „Egli Kaja - Cliff Johnson - Trix2themax fitness Ltd -“. www.trix2themaxfitness.com. 12-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-mart 2016-yil.
  3. Slavin. „Kaja aims to build on debut“. www.afcwimbledon.co.uk. Qaraldi: 23-mart 2016-yil.
  4. „Wimbledon Academy on Twitter“. Twitter. Qaraldi: 23-mart 2016-yil.
  5. „Barnet FC 3-4 AFC Wimbledon - Checkatrade Trophy“. barnetfc.com (29-avgust 2017-yil). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-avgust 2017-yil.
  6. „Egli goes out on loan - News“. AFC Wimbledon (16-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2017-yil.
  7. „Lewes 4 Three Bridges 2“. Crawley News 24 (31-dekabr 2016-yil). 2018-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-sentabr 2017-yil.
  8. „Herne Bay 1 vs. 4 Lewes - 10 January 2017 - First Team“. Herne Bay Football Club. Herne Bay F.C. (10-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2017-yil.
  9. „Livingston: 'Direct' winger Egli Kaja joins on loan from AFC Wimbledon“. BBC (20-iyul 2018-yil). Qaraldi: 20-iyul 2018-yil.
  10. „Egli makes 'dream' return 14 years after he first signed!“. AFC Wimbledon (26-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 27-noyabr 2021-yil.
  11. Reid, James. „EGLI KAJA JOINS THE BEAVERS“. Hampton & Richmond Borough F.C. (5-avgust 2022-yil). Qaraldi: 5-avgust 2022-yil.[sayt ishlamaydi]
  12. „Boost for Alty as Phil snaps up livewire winger“.