Eftaliylar davlati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Eftaliylar (oq xunlar) — o'rta asrlarda yashagan qadimgi turkiy ko'chmanchi xalq(IVVI asr). Eftaliylar xozirgi O'rta Osiyo, Afg'oniston va shimoli Hindistonda ulkan turkiy an'anlarga asoslangan imperiya tuzishgan. Hindistondagi Gupta imperiyasiga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan.

Kelib chiqishi[tahrir]

500-yil Oq Xunlar imperiyasi

Eftaliylar so'zi asli yunoncha bo'ib Viznatiyaliklar ularni shunday deb atashgan. Ularning haqiqiy nomi Oq Xunlar bo'lgan va ular qadimgi turkiy xalqlardan biri bo'lishgan.

Tarixi[tahrir]

Oq Xunlar tangalari
600-yil Kushano-Eftaliylar davlati

Eftaliylar davlati parchalanib ketgan hududining bir qismida tashkil topgan. Aholisining asosiy qismi dehqonchilik bilan mashgʻul boʻlgan, qolgani esa koʻchmanchi chorvachilik hayot tarzini davom ettirgan. Eftaliylar toʻgʻrisidagi dastlabki ma'lumotlar yozma manbalarda 457 yildan buyon, ya'ni ularning podshosi Vaxshunvar Chagʻaniyon, Toxariston va Badaxshonni oʻziga boʻysindirganidan soʻng qayd etila boshlagan. Turli manbalarda Eron sosoniylar davlati bilan eftaliylar oʻrtasidagi boʻlib oʻtgan jangu jadallarning yorqin, biroq bir-biriga zid manzarasi tasvirlangan. Sosoniylar podshosi Peroz eftaliylar davlatining tobora kengayishidan xavfsirab, ularga qarshi harbiy harakatlar boshlab yuboradi, biroq asirga tushib qoladi. Sosoniylar podshosi yordam soʻrab Vizantiyaga murojaat qiladi va koʻchmanchilar huruji bu davlat uchun ham tahdid ekanini uqtiradi. Vizantiya hukmdori tovon toʻlab, Perozni tutqinlikdan xolos etadi. Peroz eftaliylarga Tolqon chegara shahrini topshirishni va'da qiladi, biroq oʻz va'dasini ustidan chiqmay, ikkinchi marta harbiy yurish uyushtiradi. Peroz bu safar ham magʻlubiyatga uchraydi va eftaliylarga oʻzining goʻdak oʻgʻlini tutqun etib qoldiradi hamda ikki yil davomida katta tovon toʻlab turadi. 484 yili Peroz oʻzining uchinchi harbiy yurishini amalga oshiradi. Bu gal u oʻz qoʻshini bilan birga eftaliylar tayyorlagan maxsus boʻri oʻrasiga tushib qolib halok boʻladi. Eftaliylar Peroz qoʻshinini batamom tor-mor qilgach, Eron xalqi zimmasiga katta miqdorda oʻlpon toʻlash majburiyatini yuklatadilar hamda Marv shahrini ishgʻol etadilar. Soʻngra ular Kobul vodiysi va Panjobni egallashadi, Qoroshor, Kuchu, Qashqar va Xotanni istilo qilishadi. Shu tariqa ular Markaziy Osiyo, sharqiy Eron, Hindistonning shimoliy qismi va Sharqiy Turkistonni oʻz ichiga olgan yagona qudratli davlat barpo etadilar. Oʻz bolaligini eftaliylar qoʻl ostida tutqunlikda oʻtkazgan Peroz oʻgʻli Kavade zamonida Eron eftaliylarga oʻlpon toʻlashda davom etgan. Vizantiyalik tarixchi Prokopiyaning qayd etishicha, eftaliylar "yagona podsho tomonidan boshqarilgan va oʻzaro hamda qoʻshni davlatlar bilan boʻlgan munosabatlarda vizantiyaliklar va forslardan qolishmagan holda adolat mezoniga amal qilishgan". "Ipak yoʻli" egalari boʻlgan eftaliylar xalqaro savdoda faol ishtirok etishgan. Ular Eron, Vizantiya, Hindiston va Xitoy bilan savdo-sotiq qilishgan. Eftaliylarning Peroz askarlariga qarshi urushiga oid epik rivoyatlar "Shohnoma" asarida keltirilgan. Asarning eftaliylar podshohi Gatferd haqidagi hikoyatida eftaliylarning turkiy xalqlarga qarshi kurashi aks etgan. Akademik V.Bartoldning taxmin qilishicha, Gatferd timsolida Vizantiya manbalarida keltirilgan tarixiy shaxs - Katulfni koʻrish mumkin. Katulf podsho tomonidan oʻz xotiniga yetkazilgan haqorat uchun intiqom baxonasida Eronga qochgan. Eftaliylar koʻplab xalqlarni siyosiy jihatdan birlashtirishgan va bu hol mazkur davlat tarkibida koʻpgina diniy yoʻnalishlar va mashablar mavjud boʻlganini izohlaydi.Rasmiy davlat dini- Tangritanlik bo'lgan. Zardushtiylik va Buddaviylik ham keng tarqalgan.