Effuziya
Effuziya (lot. yepxsho — quyilish, yoyilish) — lava (magma)ning yer yuziga quyilib chiqish jarayoni. Uning sovishi mobaynida lava oqimlari va lava qoplamlari koʻrinishida yotgan effuziv togʻ jinslari hosil boʻladi. E. vulkan harakati koʻrinishi shakllaridan biri hisoblanadi. Nordon va qayishqoq lava baʼzan yoyilib ketmasdan otilib chiqib, vulkanli gumbaz hosil qiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |