Efemerid vaqti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Efemerid Vaqtidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Efemerid vaqti — astronomiyada qoʻllaniladigan maxsus vaqt; sayyoralarning efemeridalarmni hisoblashda qoʻllaniladi. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi notekis boʻlganligi sababli, oʻrtacha sutkalar ham notekis kechadi. Shuning uchun astronomiyada Yerning notekis aylanishi bilan bogʻliq boʻlgan vaqt qatorida, Oy va sayyoralarning harakatidan aniqlanadigan va tekis oʻtadigan Efemerid vaqtidan foydalaniladi va bu vaqt Nyuton vaqti yoki Efemerid vaqti deyiladi. Efemerid vaqti 1950 yil fundamental doimiyliklarga bagʻishlangan Parij konferensiyasida qabul qilindi, 1960 yildan boshlab Quyosh, Oy, sayyoralar va ularning tabiiy yoʻldoshlari efemeridalarini hisoblashda joriy etila boshlandi. Efemerid vaqtidan Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishidan aniqlanadigan dunyo vaqtita oʻtish tuzatmalari (A T) maxsus astronomik yilnomalarda berib boriladi.