Eesha Rebba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eesha Rebba
Tavalludi 19-aprel 1990-yil (1990-04-19) (34 yosh)
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi
  • Model
  • Aktrisa
Faoliyat yillari 2013-hozirgi kungacha

Eesha Rebba (1990-yil 19-aprelda tugʻilgan) hind aktrisasi boʻlib, asosan telugu filmlarida rol ijro etadi. U Anthaka Mundu Aa Tarvatha (2013), Bandipotu (2015), Oyee (2016), Ami Thumi (2017), Darsakudu (2017) va Awe (2018) kabi filmlaridagi roli bilan tanilgan.

Yoshligi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eesha Rebba Varangalda telugu tilida soʻzlashuvchi oilada tugʻilgan va Haydarobodda tarbiyalangan. U MBAda aspiranturani tamomlagan. Rebba kollejda oʻqiyotgan paytida model boʻlib ishlab yurgan, shundan soʻng u rejissor Mohan Krishna Indraganti tomonidan suhbatga qoʻngʻiroq qilib chaqirilgan.[1]

Eesha Rebba yoshligida sport, musiqa, raqsga qiziqqan va bir nechta musobaqalarda, jumladan; sport sohasida maktab va kollejda oʻqib yurganida qatnashgan va yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritgan.

Rebba 2012-yilda Life is beautiful filmi bilan debyut qilgan. Keyin u birinchi marta Anthaka Mundu Aa Tarvatha filmida bosh rolni ijro etgan. Film kassada muvaffaqiyat qozongan va Janubiy Afrikadagi Xalqaro hind filmlari festivalida eng yaxshi film nominatsiyasiga sazovor boʻlgan.[2]

Uning Ami Thumi romantik-komediya filmidagi chiqishi koʻpchilikning eʼtirofiga sazovor boʻldi va bu film unga ikkita mukofot olib keldi.[3][4] Rebba Awe (2018) filmida lezbiyan ayol obrazini oʻynagan. Tanqidchilar uning filmdagi rolini yuqori baholaganlar.[5][6] Keyinchalik, oʻsha yili u Brand Babu, Aravinda Sametha Veera Raghava, Subrahmanyapuram va Savyasachi kabi toʻrtta boshqa filmlarda rol oʻynaydi. U 2021-yilda Ottu filmi bilan Malayalam kinosidagi debyutini qilgan.[7] U filmdagi roli uchun kamondan otish va kikboksingni o‘rgangan.[8]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eslatma
Hali chiqarilmagan filmlarni bildiradi

Filmlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Eslatma Manba
2012 Life is Beautiful Harini
2013 Anthaka Mundu Aa Tarvatha Ananya Bosh roldagi debyuti
2015 Bandipotu Jahnavi
2016 Oyee Swetha Tamil filmi
2017 Ami Thumi Deepika
Maya Mall Mytri
Darsakudu Namratha
2018 Awe Radha
Brand Babu Radha
Aravinda Sametha Veera Raghava Sunanda
Subrahmanyapuram Priya
Savyasachi Begona Maxsus chiqish
2019 Raagala 24 Gantallo Vidya [9][10]
2021 Pitta Kathalu Priyanka „Pinky“ Netflix seriyalari
Most Eligible Bachelor Geethika
Noaniq Ottu TBA Malayalam filmi [11]
Aayiram Jenmangal TBA Tamil filmi, Suratga olinmoqda [12]

Onlayn-seriya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol(lar) Til(lar) Izohlar
2021 3 Roses Rithika „Ritu“ Telugu 1-fasl

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Eesha Rebba Birthday Special! 4 times the 'Awe' actress slipped into black outfits and proved she's a stunner“ (en). The Times of India (2020-yil 19-aprel). 2020-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-avgust.
  2. „Telugu films find acclaim globally“. The Times of India. 2016-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
  3. „Eesha Rebba Exclusive Interview- Ami Thumi Movie“ (en). ap7am.com. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  4. Dundoo, Sangeetha Devi. „Ami Thumi: Battle of wits“ (en-IN). The Hindu (2017-yil 9-iyun). Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  5. Natarajan. „The Lesbian Love tale of Krishna and Radha“ (en-US). Q Plus My Identity (2020-yil 25-iyun). Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  6. Awe! Review {4/5}: Go watch this movie if you’re looking for something definitely out of the box and fresh, ‘Awe’ will not disappoint you, qaraldi: 2021-06-16
  7. „Telugu actress Eesha Rebba to debut in Malayalam through Ottu - Times of India“ (en). The Times of India. Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  8. Adivi. „Eesha Rebba picks up archery and kickboxing“ (en). Deccan Chronicle (2021-yil 10-iyun). Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  9. „Namo Namo from Eesha Rebba and Satyadev's Raagala 24 Gantallo released - Times of India“. The Times of India. 2019-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-may.
  10. „Raagala 24 Gantallo trailer: Eesha Rebba leads the proceedings in this riveting murder-mystery - Times of India“. The Times of India. 2020-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-may.
  11. „మలయాళ డెబ్యూ కోసం కసరత్తులు చేస్తోన్న ఈషా“ (te). Sakshi (2021-yil 14-iyun). Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  12. „Aayiram Jenmangal first look: GV Prakash starrer has a sinister feel to it“ (en). The Indian Express (2019-yil 25-avgust). Qaraldi: 2021-yil 4-yanvar.