Edwin Abbott Abbott

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Edwin Abbott Abbott
Tavalludi 20-dekabr 1838-yil
Marylebone, London, Angliya
Vafoti 12-oktyabr 1926-yil(1926-10-12)
(87 yoshda)
Hampstead, London, Angliya
Fuqaroligi United Kingdom of Great Britain and Ireland
Kasbi O'qituvchi, yozuvchi
Otasi Edwin Abbott

Edwin Abbott Abbott (1838-yil 20-dekabr – 1926-yil 12- oktyabr)[1] Angliyalik maktab oʻqituvchi, ilohiyotshunos va Anglikan ruhoniysi boʻlib, “Flatlend” (1884) novellasi muallifi sifatida tanilgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Edwin Abbott Abbot, Edwin Abbott (1808 – 1882) va Jane Abbottlarning (1806 – 1882 to'ng'ich o'g'li edi. Otasi Merilebone filologiya maktabining direktori bo'lgan. Uning ota-onasi amakivachchalar edi.

Edwin Abbot Abbot Londonda tug'ilgan. London shahridagi maktabda va Cambridgedagi St John kollejida ta'lim olgan.[2] U yerda klassika, matematika va ilohiyotshunoslik bo'yicha o'z sinfida eng a'lochi o'quvchilardan bo'lgan va doimo yuqori mukofotlarini qo'lgan kiritib kelgan. Xususan, u 1861-yilda 1- Smith's mukofotini qo'lgan kiritgan. 1862-yilda Birmingemdagi King Edvard maktabida magistrlik darajasini olgandan so'ng, 1865-yilda 26 yoshida GF Mortimerning o'rniga City of London School maktabi direktori bo'lgan. U yerda u bo'lajak Bosh vazir H. H Asquithning ta'limini nazorat qildi. Abbott 1876 yilda Hulsean o'qituvchisi edi

Edward Abbot Abbot 1889-yilda nafaqaga chiqdi va o'zini adabiy va diniy izlanishlarga bag'ishladi. Abbottning ilohiyotshunoslikdagi liberal moyilligi uning ta'limga oid qarashlarida ham, kitoblarida ham yaqqol namoyon bo'ldi. Uning Shekspir grammatikasi (1870) kitobi ingliz filologiyasiga qo'shgan katta hissa. 1laridan biridir. 885-yilda u Francis Bacon ning hayotiga bag'ishlangan asarini nashr etdi. Uning ilohiyotshunoslikka doir asarlari orasida anonim nashr etilgan uchta diniy roman ham mavjud. Ular, Philochristus (1878), Injilni o'qishga qiziqishni oshirishga xizmat qiladigan kitoblar sifatida esa, Onesimus (1882) va Silanus the Christian (1908) larni misol qilib keltirish mumkin.

Anonim diniy munozaralardan iborat kitoblar orasiga"The Kernel and the Husk" (1886), Philomythus (1891), "The Anglican Career of Cardinal Newman" (1892) kiradi. Bundan tashqari, u Britannica ensiklopediyasining to'qqizinchi nashridagi "Injillar" maqolasi bilan ingliz teologik dunyosida katta shov-shuvga sabab bo'lgan tanqidiy nuqtai nazarni o'zida mujassam etish orqali o'z yo'nalishiga katta hissa qo'shgan. Shuningdek, St Thomas of Canterbury, his Death and Miracles (1898), "Johannine Vocabulary" (1905), "Johannine Grammar" (1906) kabi kitoblarni yozgan.

Abbott also wrote educational text books, one being "Via Latina: A First Latin Book" which was published in 1880 and distributed around the world within the education system.

Flatland asrining sarlavha sahifasi. 1884-yil

Abbottning eng mashhur asari uning 1884-yilda yozgan "Flatland: A Romance of Many Dimensions" romani bo'lib, u ikki o'lchovli dunyoni tasvirlaydi va o'lchamlarning tabiatini o'rganadi. U ko'pincha ilmiy fantastika deb tasniflanadi, ammo uni aniqroq qilib "matematik fantastika" deb atash mumkin.

1950-yillardan to hozirgi kungacha zamonaviy ilmiy fantastika paydo boʻlishi bilan Flatlend [3] ayniqsa ilmiy fantastika va kiberpank muxlislari orasida mashhurligi jonlandi.[4] Ko'pgina asarlar romandan ilhomlangan, jumladan, roman davomi va qisqa metrajli filmlar. [4]

Bibliografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Via Latina: A First Latin Book, Including Accidence, Rules of Syntax, Exercises, Vocabularies and Rules for Construing (Seeley, Jackson, and Halliday, revised edition: 1882)
  • Shakespearian Grammar: An Attempt to Illustrate Some of the Differences Between Elizabethan and Modern English, for the Use of Schools (Macmillan, 1870)
  • Flatland: A Romance of Many Dimensions (Seeley & Co., 1884)
  • Francis Bacon: An Account of His Life and Works (Macmillan, 1885)
  • Philochristus: Memoirs of a Disciple of the Lord (Macmillan, 1878)
  • Onesimus: Memoirs of a Disciple of St. Paul (Macmillan, 1882)
  • The Kernel and the Husk (Macmillan, 1886)
  • Philomythus: An Antidote Against Credulity (Macmillan, 1891)
  • The Anglican Career of Cardinal Newman (Macmillan, 1892)
  • St Thomas of Canterbury: His Death and Miracles ( Adam and Charles Black1898)
  • Johannine Vocabulary: A Comparison of the Words of the Fourth Gospel with Those of the Three (Adam and Charles Black, 1905)
  • Johannine Grammar (Adam and Charles Black, 1906)
  • Silanus the Christian (Adam and Charles Black, 1906)
  • The FourFold Gospel: or, A Harmony of The Four Gospels in 5 volumes, 1913-1917

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qadimgi fuqarolik ro'yxati

Foydalanilgan adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Thorne and Collocott 1984, p. 2.
  2. Crockford's Clerical Directory for 1920, 51st Malden: , London: The Field Press, 1920 — 1 bet. 
  3. Clute and Nicholls 1995, p. 1.
  4. 4,0 4,1 Harper 2010
  • Dictionary of National Biography

Qo'shimcha o'qish uchun adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]