Edvard Kozak
| Edvard Kozak | |
|---|---|
| Едвард Теодорович Козак | |
|
Liuboslav Hutsaliuk, Edvard Kozak va Jak Xnizdovskiy 1960-yillarda | |
| Tavalludi |
21-yanvar 1902-yil Girne, Ukraina |
| Vafoti |
22-sentyabr 1992-yil (90 yoshda) Warren, Michigan |
| Fuqaroligi | Avstriya-Vengriya imperiyasi |
| Kasbi | Karikaturachi, yumorchi, noshir, dizayner |
Edvard Kozak (ukraincha: Едвард Теодорович Козак; 1902-yil 21-yanvar – 1992-yil 22-sentyabr) – ukrainalik karikaturachi, yumorchi, noshir, dizayner[1][2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1902-yil 21-yanvarda Ukrainaning Lvov viloyati, Striy tumani, Girne shahrida tugʻilgan[1].
Vena va Lyublin sanʼat maktablarini, 1930-yilda Oleksa Novakivskiy nomidagi rassomlik maktabini tamomlagan. Birinchi jahon urushi paytida Kozak Ukraina Galisiya armiyasi safida jang qilgan. 1922-yilda Lvovda Ukraina harbiy tashkiloti sudida ayblanuvchi boʻlgan. 1923—1924 yillarda Polsha quruqlik qoʻshinlarida xizmat qilgan[1][2].
Keyinchalik Kozak Lvovda ishlagan, u yerda 1923-1933-yillarda „Ziz“ va 1933—1939-yillarda „Komar“ jurnallarini bezagan va tahrir qilgan, shuningdek, 1933-1939-yillarda Ivan Tiktor nashriyot konserni uchun rasm chizgan. Keyinchalik Krakovda ishlagan, u yerda 1940—1944-yillarda „Yuni Druzi“ va „Doroga“ jurnallarida illyustrator; 1940—1941-yillarda „Krakauer Zeitung“ jurnalida karikaturachi boʻlib ishlagan . 1940-yillarda Ukrainadagi „Zarevo“ badiiy toʻgaragini boshqargan. 1933-yilda Ivan Frankoning „Lis Mikita“ kitobini bezash ishlari bilan shugʻullangan[1][2].
1944-yilda Germaniyaga koʻchib oʻtgan. 1947—1948-yillarda koʻchirish lagerlarida Ukraina tasviriy sanʼatchilar uyushmasini boshqargan. 1950-yilda AQShga koʻchib ketgan[1][2].
Uzoq yillar davomida turli ijodiy uyushmalar, jumladan, 1932—1939-yillarda Mustaqil Ukraina rassomlari uyushmasi, 1941—1944-yillarda Ukraina tasviriy sanʼatchilar uyushmasi, 1945-yilda Ukraina tasviriy sanʼatchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan[1].
1992-yil 22-sentyabrda Michigandagi Warren shahrida vafot etgan[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kozal monumental cherkov sanʼati va badiiy kino sohalarida ijod qilgan. Hajviy mavzudagi sheʼrlar, felyetonlar yozgan hamda „Hrits Zozulya“ (1973) va „Hrits Zozulyaning oddiy fikrlari“ (1982) nomli ikki jildlik hikoyalar toʻplami muallifi hisoblanadi. 1946-yildan 1991-yilgacha Myunxen, Nyu-York va Detroit shaharlarida „Lis Mikita“ nomli satirik va yumoristik jurnalga muharrirlik qilgan, jurnalni nashr etgan va rasmlar bilan bezagan[1].
1951–1957 yillarda Amerika televideniyesida bolalar ertaklarini tasvirlagan, shuningdek, Detroytdagi Jam Handy film studiyasining televizion filmlari rassomi boʻlgan[1].
1929—1930 yillarda Lvov viloyatidagi cherkovlarga rasmlar ham chizgan. 1950-yillarda AQSHda UUkraina dizayni, plakatlari va muqovalarini yaratgan, 1942–1944 yillarda esa „Veselyi Lvov“ teatri bilan hamkorlik qilga. Ukrainaning Soyuzivka kurortining asosiy zali uchun bezaklar chizgan[1].
Ukraina mavzularida 1000 ga yaqin rasm, bir necha ming karikatura va illyustratsiyalar chizgan. 1930-yillarda koʻrgazmalarda qatnashgan, 1990-yilda esa Lvovda shaxsiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtgan[1].
Asosiy ishlari[1]:
- grafika: „Za motyvamy striletskix pisen“ sikli (1930); rangli otkritkalar seriyasi: Ukraina xalq qoʻshiqlari mavzusida (Myunxen, 1949), „Selo“ (Myunxen, 1956), Ukraina Sich oʻqchilarining 50 yilligiga (Nyu-York, 1965); „Lis Mikita“ (1960), " Volodimir Velikiy ", „Vesillia“, „Ukrainskyi yarmarok“, „Pokutskyi yarmarok“, „Stara korchma“, „Selo“, „Hutsulska nich“, „Trembity klychut“, „Lisovyi chort“, „Molfar“, „Hutsuliia“, „Divchyna z ptakhoiu“, „Mamai“, „Yidut do mista“, „Duma pro kozaka Holotu“, „Chornyi kozak“ (barchasi 1960—1990);
- rasm: „Motiv Kosmacha“ (1935), „Znesinska tserkva u Lvovi“, „Sin Yurii“ (ikkalasi 1942).
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1950-yillarda rangli televizion rasmlar seriyasi uchun Butun Amerika tanlovida uchta birinchi sovrinni qoʻlga kiritgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 Kozak Edvard Teodorovych / M. V. Savchuk // Encyclopedia of Modern Ukraine [Online] / Eds. : I. М. Dziuba, A. I. Zhukovsky, M. H. Zhelezniak [et al.] ; National Academy of Sciences of Ukraine, Shevchenko Scientific Society. – Kyiv : The NASU institute of Encyclopedic Research, 2013.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Г. П. Герасимова. Козак Едвард Теодорович // Енциклопедія історії України : у 10 т. / редкол.: В. А. Смолій (голова) та ін. ; Інститут історії України НАН України. — К. : Наукова думка, 2007. — Т. 4 : Ка — Ком. — С. 403. — ISBN 978-966-00-0692-8.