Edson Puch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Edson Raúl Puch Cortés (talaffuzi: Edson Raul Puig Kortes; 1986-yil 9-aprelda Chilining Iquique shahrida tugʻilgan) — Chililik futbolchi, „Universidad Católica“ futbol klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Edson Puch
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Edson Raúl Puch Cortez
Tavallud sanasi 9-aprel 1986-yil (1986-04-09) (37 yosh)
Tavallud joyi Iquique, Chili
Boʻyi 1.69 m
Ampluasi himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Huachipato
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2006 Huachipato 18 (0)
2007—2009 Municipal Iquique 74 (22)
2009—2011 Universidad de Chile 65 (17)
2011—2014 Al-Wasl 16 (2)
2012—2013Deportes Iquique (ijara) 26 (2)
2015 Huracán 6 (0)
2016 LDU Quito 15 (3)
2016—2017 Necaxa 35 (15)
2017—2019 Pachuca 9 (2)
2018Querétaro (ijara) 22 (6)
Milliy terma jamoa
2009—2017 Chili 20 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Edson Puch „Deportes Iquique“ futbol klubi va „Huachipato“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Edson Puch 2009-yilda „Universidad de Chile“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 23-iyul kuni „Palestino“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[1]. 2- avgust kuni „Union Espanyol“ futbol klubiga qarshi bahsda Edson Puch „Universidad de Chile“ futbol klubi safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritgan[2]. 2011-yilda Edson Puch klubga Chili premyer ligasida gʻalaba qozonishda yordam bergan.

2011-yilda Edson Puch jamoa bosh murabbiyi Diego Maradonaning taklifiga binoan „Al Wasl“ futbol klubiga oʻtgan. Transfer summasi 2,8 million yevroni tashkil qilgan. 16-oktabr kuni „Sharjah“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Fors koʻrfazi mamlakatlari arab ligasida debyut qilgan[3]. 25-noyabr kuni Edson Puch jamoadagi ilk golini „Sharjah“ futbol klubiga qarshi o‘yinda kiritgan[4].

2016-yil boshida Edson Puch Ekvadorning „LDU Quito“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil 27-mayda Edson Puch Chili terma jamoasi safida Yaponiyaga qarshi Kirin kubogi bahsida debyut qilgan[5].

2016-yilning yozida Edson Puch Qoʻshma Shtatlarda boʻlib oʻtgan Amerika kubogi gʻolibi boʻlgan edi[6][7]. Turnirda u Boliviya, Panama, Meksika, Kolumbiya va Argentina terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[8][9]. Meksikaliklarga qarshi kechgan bahsda Edson Puch terma jamoadagi ilk gollarini urib, „dubl“ga erishgan[10].

2017-yilda Edson Puch Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogining kumush medali sohibiga aylangan[11]. Turnirda u Kamerun va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[12].








Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa   Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Deportes IquiqueChili bayrogʻi Chili 2009 17 6 17 6
Universidad de ChileChili bayrogʻi Chili 2009 11 3 5 0 16 3
2010 32 6 12 2 44 8
2011 22 8 22 8
Jami 65 17 0 0 17 2 82 19
Al Wasl 2011 6 1 6 0 12 1
Deportes IquiqueChili bayrogʻi Chili 2012 15 2 15 2
2013 11 0 7 0 18 0
Al Wasl 2014 10 1 1 0 11 1
Jami 16 2 7 0 0 0 23 2
HuracánArgentina bayrogʻi Argentina 2015 6 0 1 1 3 0 10 1
Jami 6 0 1 1 3 0 10 1
LDU de QuitoEkvador bayrogʻi Ekvador 2016 15 3 5 1 20 4
Jami 15 3 0 0 5 1 20 4
NecaxaMeksika bayrogʻi Meksika 2016—2017 35 15 1 1 36 16
Jami 35 15 1 1 0 0 36 16
PachucaMeksika bayrogʻi Meksika 2017—2018 9 2 3 0 12 2
Jami 9 2 3 0 0 0 12 2
QuerétaroMeksika bayrogʻi Meksika 2017—2018 14 5 1 0 15 5
2018—2019 8 1 1 0 9 1
Jami 22 6 2 0 0 0 24 6
Umumiy faoliyatida 272 63 20 3 56 6 359 72

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Палестино VS. Универсидад де Чили 0:0“ (en). soccerway.com (2009-07—23). 2015-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-may.
  2. „Палестино VS. Универсидад де Чили 2:1“ (en). soccerway.com (2009-08—02). 2015-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-may.
  3. „Аль-Васл VS. Шарджа 3:0“ (en). soccerway.com (2011-10—16). 2015-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-may.
  4. „Эмирейтс VS. Аль-Васл 1:2“ (en). soccerway.com (2011-11—25). 2015-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-may.
  5. „Япония VS. Чили 4:0“ (en). soccerway.com (2009-05—27). 2015-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-may.
  6. „Чили VS. Панама 4:2“ (en). soccerway.com (2016-06—15). 2016-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  7. „Чили VS. Боливия 2:1“ (en). soccerway.com (2016-06—11). 2016-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  8. „Колумбия VS. Чили 0:2“ (en). soccerway.com (2016-06—23). 2016-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  9. „Мексика VS. Чили 0:7“ (en). soccerway.com (2016-06—19). 2016-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  10. „Аргентина VS. Чили 0:0“ (en). soccerway.com (2016-06—27). 2016-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  11. „Камерун VS. Чили 0:2“ (en). soccerway.com (2017-06—18). 2017-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyul.
  12. „Чили VS. Германия 0:1“ (en). soccerway.com (2017-07—02). 2017-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyul.