Edson Henrique
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Edson Henrique da Silva[1] | ||
Tavallud sanasi | 6-iyul 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Itaquitinga, Braziliya | ||
Boʻyi | 1.84 m (6 ft 0 in) | ||
Ampluasi | markaziy himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2003–2004 | Caxias | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005–2012 | Figueirense[2] | 65 | (0) |
2007–2008 | → Belenenses[2] | 2 | (0) |
2008 | → Académica | 5 | (0) |
2009 | → Rio Ave | 12 | (2) |
2010 | → Botafogo | 5 | (0) |
2011–2012 | → União de Leiria[2] | 20 | (0) |
2013–2016 | Slaven Belupo[2] | 65 | (3) |
2016–2017 | Machine Sazi | 28 | (0) |
2017–2018 | Gostaresh Foolad | 23 | (0) |
2019 | CRB | 19 | (0) |
2020 | América-RN | (0) | |
Milliy terma jamoa | |||
2007 | Braziliya U20 | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (18-mart uchun) |
Edson Henrique da Silva (1987-yil 6-iyul, Itaquitinga, Braziliya) – markaziy himoyachi sifatida oʻynagan braziliyalik futbolchi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Edson Itaquitinga-PE shahrida tugʻilgan, 2005-yilgi Campeonato Brasileiro A seriyasida Figueirense klubning professional futbolchilari safida debyut qilgan. Edson 2012-yilgacha Figueirense klubi tarkibida toʻp surgan. 2007-yilgi mavsumgacha Figueirense klubi bilan A Seriyada oʻynaganidan soʻng, 2007—2008-yilgi Primeira Ligadagi mavsumining ikkinchi yarmida Belenenses klubida ijarada oʻynash uchun Portugaliyaga koʻchib oʻtgan. Keyingi mavsumda ham Portugaliyada qolib, Primeira Liga klublari Académica de Coimbra va Rio Ave safida ijara asosida toʻp surgan. Edson Rio Ave klubi tarkibida 12 ta oʻyinda maydonga tushgan va ikki marta gol urgan[3]. 2009-yil yozida Figueirense klubi tarkibiga qaytib, 2009-yilgi Campeonato Brasileiro B seriyasida yil oxirigacha ushbu klub safida oʻynagan. 2010-yilda A Seriyaning Botafogo klubiga ijaraga berilgan. 2011-yil yozida yana Portugaliya klubiga, bu safar Primeira Ligada ishtirok etuvchi U. D. Leiriaga ijaraga oʻtib, 2011—2012-yilgi mavsumni shu klub safida oʻtkazgan. 2012-yil yozida Braziliyaga qaytib kelib, 2012-yilgi mavsumda Campeonato Brasileiro A Seriyasidagi Figueirense klubi tarkibida oʻynagan[4]. Yil oxirida Edson Figueirense klubini tark etgan va 2013-yilning yozida u Xorvatiyaning Prva HNL ligasida ishtirok etuvchi NK Slaven Belupo klubi bilan shartnoma imzolagan[5]. Edson 2013—2016-yilgi mavsumda Slaven Belupo klubi tarkibida 65 ta oʻyinda maydonga tushgan va ikki marta gol urgan[2].
Edson 2019-yilgi mavsumda CRB klubiga qoʻshilgan[6].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Figuerense
- Campeonato Catarinense: 2006
- C. F. Os Belenenses
- Copa do Brasil ikkinchi oʻrin: 2007[3]
- Botafogo
- Campeonato Carioca: 2010[3]
- Clube de Regatas Brasil
- Alagoano ikkinchi oʻrin: 2019[3]
- América RN
- Potiguar ikkinchi oʻrin: 2020[3]
- Figueirense
- Copa Santa Catarina gʻolibi: 2021[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „FIFA U-20 World Cup Canada 2007 – List of Players“. FIFA (2007-yil 5-iyul). 2013-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Edson Henrique“. www.transfermarkt.com. Qaraldi: 2024-yil 27-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 „Edson Henrique“. int.soccerway.com. Qaraldi: 2024-yil 27-noyabr.
- ↑ Edson Henrique da Silva at ForadeJogo.net
- ↑ Edson Henrique at Soccerway
- ↑ Reforços de Natal: CRB anuncia mais três contratações para 2019, thn1.com.br, 24 December 2018
- 6-iyulda tugʻilganlar
- 1987-yilda tugʻilganlar
- Erkak futbol himoyachilari
- Erondagi chet ellik erkak futbolchilari
- Xorvatiyadagi chet ellik erkak futbolchilari
- Xorvatiya futbol ligasi futbolchilari
- Eron Pro ligasi futbolchilari
- Primeira Liga futbolchilari
- Portugaliyadagi chet ellik erkak futbolchilari
- Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar
- Braziliyalik erkak futbolchilar
- Yashayotgan insonlar