Edo davri
Edo davri, shuningdek Tokugawa davri deb ham ataladi – Yaponiya tarixidagi 1600 (yoki 1603) yildan 1868-yilgacha boʻlgan davrni qamrab oladi[1]. Bu davrda mamlakat Tokugawa shogunati hamda taxminan 300 ta mahalliy daimyo (feodal hukmdor) tomonidan boshqarilgan. Sengoku davridagi tartibsizliklardan soʻng paydo boʻlgan Edo davri uzoq davom etgan tinchlik va barqarorlik, shaharlar rivoji va iqtisodiy oʻsish, qatʼiy ijtimoiy tartib, urbanizatsiya tashqi siyosat hamda sanʼat va madaniyatning ommaviy ravnaq topishi bilan ajralib turadi.
1600-yilda Tokugava Ieyasu Sekigahara jangida gʻalaba qozonib, Yaponiya ustidan hukmronlik oʻrnatdi. 1603-yilda u imperator Go-Yōzei tomonidan shogun unvoni bilan taqdirlandi. Ieyasu ikki yildan soʻng lavozimini oʻgʻli Hidetadaga topshirdi, biroq amalda hokimiyatni oʻz qoʻlida saqlab qoldi. U oʻz hokimiyatining asosiy raqibi boʻlgan Toyotomi Hideyorini 1615-yilda Osaka qamalida magʻlub etgach, 1616-yilda vafot etdi. Shundan soʻng mamlakatda umumiy tinchlik davri boshlandi; samuraylar asta-sekin harbiy ahamiyatini yoʻqotdi. Tokugawa shogunlari Ieyasu siyosatini davom ettirib, qatʼiy ijtimoiy ierarxiya tizimini rasmiylashtirdi. 1639-yilga kelib, sakoku („yopiq mamlakat“) siyosati asosida xorijliklar mamlakatdan butunlay chiqarib yuborildi, faqatgina Nagasakidagi Dejima orolida yashovchi golland savdogarlar bundan mustasno edi. Shuningdek, 1635-yildan boshlab „alternativ navbatchilik“ tizimi joriy etildi. Unga koʻra, daimyolar har yili navbatma-navbat poytaxt Edoda yashashi kerak edi. Ularning oilalari esa doimiy ravishda poytaxtda garov sifatida qolardi. Bu tizim markaziy hokimiyatga nisbatan ularning sadoqatini taʼminlash uchun moʻljallangan edi.
Edo davrida yapon savdogarlari katta darajada boylik orttirib, keyinchalik shakllangan yirik biznes imperiyalari — zaibatsularning poydevorini yaratdi. Mamlakat ichida sayohatlar cheklangan boʻlishiga qaramay, daimyolarning Edoga borib-kelishi natijasida yoʻllar va mehmonxonalar tarmogʻi rivojlandi. Shu bilan birga, Edo, Ōsaka va Kyōto singari shaharlarda oddiy xalq madaniyati shakllandi; kabuki teatri va ukiyo-e kabi sanʼat turlari gullab-yashnadi. Yapon olimlari bu davrda neo-konfutsiylik falsafasiga asoslangan ilmiy maktablarni rivojlantirdi. Endilikda asosan maʼmur sifatida xizmat qilayotgan samuraylar esa oʻz axloqiy meʼyorlarini bushido kodeksi orqali rasmiylashtirdi. 1853-yilda AQSh dengiz flotining komandori Matthew C. Perry Yaponiya portlarini Gʻarb savdosiga majburan ochdi, bu esa Bakumatsu („bakufuning tugashi“) davrining boshlanishiga sabab boʻldi. Edo davri 1868-yilda Meiji restavratsiyasi va Boshin urushi bilan yakunlandi. Natijada imperator hokimiyati qayta tiklandi.
Iqtisodiy taraqqiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Edo davri yakuniga kelib, Yaponiya keyingi avlodlarga rivojlangan savdo sektori, gullab-yashnagan shahar markazlari, savodli elita, murakkab davlat boshqaruvi tizimi, samarali qishloq xoʻjaligi, yaxlit milliy tuzilma, ilgʻor moliya va savdo tizimlari hamda mamlakat boʻylab keng yoʻl infratuzilmasini meros qoldirdi. Tokugawa davrida iqtisodiy rivojlanish urbanizatsiya, tovar tashish hajmining ortishi, ichki savdoning sezilarli kengayishi hamda dastlabki xorijiy savdo aloqalarining paydo boʻlishi bilan kechdi. Savdo va hunarmandchilik tarmoqlari kengaydi. Qurilish sohasi gullab-yashnadi, bank tizimlari va savdogarlar uyushmalari faol rivojlandi. Shu bilan birga, han hokimiyatlari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining oʻsishi hamda qishloqlardagi hunarmandchilik faoliyatining kengayishini nazorat qilib bordi[2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tokugawa Period (1603 – 1868)“ (en). Japan Module - University of Pittsburgh. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
- ↑ Kozo Yamamura, „Toward a reexamination of the economic history of Tokugawa Japan, 1600–1867.“ Journal of Economic History 33.3 (1973): 509-546. online
- ↑ McClain, James L.. Japan, a modern history, 1st, New York, N.Y.: W.W. Norton & Co, 2002 — 5–108-bet. ISBN 0-393-04156-5. OCLC 47013231.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Birmingham Museum of Art (2010), Birmingham Museum of Art: guide to the collection, Birmingham, Alabama: Birmingham Museum of Art, ISBN 978-1-904832-77-5
- Beasley, William G. (1972), The Meiji Restoration, Stanford, California: Stanford University Press, ISBN 0-8047-0815-0
- Diamond, Jared (2005), Collapse: How Societies Choose to Fail or Succeed, New York, N.Y.: Penguin Books, ISBN 0-14-303655-6
- Frédéric, Louis (2002), Japan Encyclopedia, Harvard University Press Reference Library, Belknap, ISBN 9780674017535
- Flath, David (2000), The Japanese Economy, New York: Oxford University Press, ISBN 0-19-877504-0
- Gordon, Andrew (2008), A Modern History of Japan: From Tokugawa Times to Present (Second-nashr), New York: Oxford University Press, ISBN 978-0-19-533922-2, 6 February 2010da asl nusxadan arxivlandi
- Hall, J.W.; McClain, J.L. (1991), The Cambridge History of Japan, Cambridge University Press, ISBN 9780521223553
- Iwao, Nagasaki „Clad in the aesthetics of tradition: from kosode to kimono“, . Kimono: the art and evolution of Japanese fashion. London: Thames & Hudson, 2015 — 8–11-bet. ISBN 9780500518021. OCLC 990574229.
- Jackson, Anna „Dress in the Edo period: the evolution of fashion“, . Kimono: the art and evolution of Japanese fashion. London: Thames & Hudson, 2015 — 20–103-bet. ISBN 9780500518021. OCLC 990574229.
- Jansen, Marius B. (2002), The Making of Modern Japan (Paperback-nashr), Belknap Press of Harvard University Press, ISBN 0-674-00991-6
- Lewis, James Bryant (2003), Frontier Contact Between Choson Korea and Tokugawa Japan, London: Routledge, ISBN 0-7007-1301-8
- Longstreet, Stephen; Longstreet, Ethel (1989), Yoshiwara: the pleasure quarters of old Tokyo, Yenbooks, Rutland, Vermont: Tuttle Publishing, ISBN 0-8048-1599-2
- Seigle, Cecilia Segawa (1993), Yoshiwara: The Glittering World of the Japanese Courtesan, Honolulu, Hawaii: University of Hawaii Press, ISBN 0-8248-1488-6
- Totman, Conrad (2000), A history of Japan (2nd-nashr), Oxford: Blackwell, ISBN 9780631214472
- Atributsiya
- Guth, Christine (1996), Art of Edo Japan: the artist and the city 1615–1868, H.N. Abrams, ISBN 9780300164138
- Haga, Tōru (2021), Pax Tokugawana: The Cultural Flowering of Japan, 1603–1853 (First English-nashr), Tokyo: Japan Publishing Industry Foundation for Culture, ISBN 978-4-86658-148-4, 10 November 2021da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 29 April 2021
- Jansen, Marius B. (1986), Japan in transition, from Tokugawa to Meiji, Princeton, N.J.: Princeton University Press, ISBN 0-691-05459-2
- Roberts, Luke S. (2012), Performing the Great Peace: Political Space and Open Secrets in Tokugawa Japan, Hawaii: University of Hawaii Press, ISBN 978-0824835132
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda Edo davri haqida turkum mavjud |
- Japanese Maps of the Tokugawa Era – A rich selection of rare Japanese maps from the UBC Library Digital Collections
- Timeline – Japan: Memoirs of a Secret Empire
