Kontent qismiga oʻtish

Edith Evans Asbury (jurnalist)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Edith Evans Asbury
Tavalludi
Edith Snyder

30-iyun 1910-yil
Vafoti 30-oktyabr 2008-yil(2008-10-30)
(98 yoshda)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Writer
Turmush oʻrtogʻi
Joe Evans (turm. 1930–1938)

Herbert Asbury (turm. 1945–1958)

Robert E. Garst (turm. 1971–1980)

Edith Evans Asbury ( Snayder; 1910-yil 30-iyun — 2008-yil 30-oktyabr) amerikalik jurnalist boʻlib, taxminan 30 yilni The New York Times gazetasida muxbir sifatida oʻtkazgan[1].

Edith Snayder 1910-yil 30-iyun kuni Ohio shtati New-Boston shahrida tugʻilgan, u 16 farzandning eng kattasi edi[1]. 19 yoshida Cincinnati Times Star da yozgi mavsumdagi ishidan soʻng, u hayotining koʻp qismini davom etadigan jurnalistikaga boʻlgan ishtiyoqi sabab Western College for Women kollejni tark etdi. U 20 yoshida Jo Evansga turmushga chiqdi va er-xotin Tennessee shtatining Knoxville shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda Tennessee Universitetiga oʻqishga kirdi. 1932 va 1933-yillarda mos ravishda Amerika tarixi boʻyicha bakalavr va magistr darajalarini oldi[2]. U 1933-yildan 1937-yilgacha Knoxville News Sentinel gazetasida muxbir sifatida faoliyatini davom ettirgan[1].

1937-yilda, Buyuk Depressiya avjida, u Knoxville qishlogʻini shu bilan birgalikda erini (keyinchalik ajrashgan) ham tark etdi va ishlash uchun oldindan rejalashtirilgan istiqbollari yoʻqligiga qaramay, Manhattanga yoʻl oldi va muharrirga ishdan ketayotganini aytdi. New Yorkda u New York Post, New-York shahar uy-joy boshqarmasi, Associated Press va New York World Telegram va Sunda bir qator ishlarni topdi va u yerda womenʼs yangiliklari uchun muharrir yordamchisi boʻlib ishladi[1]. 1952-yilda World-Telegramda Asburi New York gazetasi ayollar klubi prezidenti etib saylandi[3].

U 1945-yilda jurnalist Gerbert Asberiga turmushga chiqdi; ikkalasi 1958-yilda ajrashishdi. Bu ikkalasi uchun ikkinchi nikoh edi[4]. Uning turmush oʻrtogʻi 1928-yilda chop etilgan „New York toʻdalari“ kitobi bilan mashhur boʻlgan, keyinchalik u 2002-yilda Martin Scorsese filmi ssenariysi sifatida moslashtirilgan. Uning 1971-yilda Times bosh muharriri yordamchisi Robert E. Garst bilan qurgan nikohi 1980-yilda vafoti bilan tugadi[1].

The New York Times

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1952-yilda The New York Times gazetasining ayollar boʻlimiga emas, balki shahar boʻlimiga tayinlanishi sharti bilan lavozimga qabul qilindi[5]. Uning gazetadagi birinchi maqolasi 1952-yil 5-dekabrdagi New Yorkning Vestchester okrugida boʻlib oʻtgan Avliyo Nikolayni kutib olish marosimi haqidagi hikoya edi[6]. Maqolaga uning birinchi hikoyalari orasida Beshinchi avenyuda bayram xaridi haqidagi[7], yoʻqolgan kanareyka,[8] va Beshinchi avenyuda bayram xaridi haqidag Fifth Avenue Easter Parade hikoyalar kiritilgan[1].

Keyinchalik yoʻnalishini oʻzgartirib jiddiy ishlar boshladi, jumladan, 1955-yilda keksalar muammolariga bagʻishlangan seriyalari paydo boʻldi. Shu bilan birgalikda u 1956-yilda Times tomonidan Oliy sudning 1954-yildagi Braunga qarshi qaroridan keyin janubdagi desegregatsiya haqida yozish uchun yuborilgan bir nechta muxbirlardan biri edi. U yerda tayyorlagan maqolasi Taʼlim kengashi 1956-yil mart oyida nashr etilgan maxsus sakkiz sahifali qismoda jamlangan va qayta nashr sifatida taqdim etilgan[9]. Uning 1958-yilda New York shahridagi kasalxonalarda tugʻilishni nazorat qilish boʻyicha maslahat va retseptlar yozilmasligi va bu taqiqlanganligi toʻgʻrisidagi xabari ushbu taqiqni bekor qilishga yordam bergan[1][10][11].

Asbury oʻzining qatʼiyatliligi bilan mashhur edi; Aytishlaricha, New York meri Jon Lindsi undan shunchalik gʻazablanganki, u telefonni qo'ygandan soʻng telefonini sindirib tashlagan[1].

1981-yilda Times gazetasidan nafaqaga chiqqanidan keyin ham Asbury gazetada yozish faoliyatini davom ettirdi, jumladan ishi yuzasidan Yevropa va Xitoyga sayohatlar haqida[1][12][13] 90 yoshida Asbery gazetadagi jurnalistlarga qoʻngʻiroq qilib, eʼtibordan chetda qolgan va tahlil talab boʻlgan mavzu va voqealar boʻyicha jurnalistlarga takliflar berdi[1].

Mukofotlar va eʼtirof

[tahrir | manbasini tahrirlash]

New Yorkdagi Ayollar matbuot klubi Asburiga „1964-yilda New York shahriga foyda keltiradigan jurnalistika sohasidagi ajoyib yutugʻi uchun “Gazetasining xizmatlari uchun" mukofot berdi[14].

Asbury 1967-yilda oilaning tarbiyalanuvchi bolani asrab olish uchun muvaffaqiyatli kurashi haqidagi seriyasi uchun "New-York gazetalari gildiyasining birinchi sahifa" mukofoti bilan taqdirlangan[15].

Asbury, shuningdek, 1973-yilda Inner Circle Showga qoʻshilishga ruxsat berilgan birinchi ayollardan biri edi.

Uning sogʻligʻi ikki yil davomida yomonlashdi va u 2008-yil 30-oktyabrda 98 yoshida Manhattendagi Greenwich qishlogʻidagi uyida vafot etdi. Oʻlimning aniq sababi oshkor etilmagan[1].

Asburyning hujjatlari va yozishmalari La Guardia va Wagner arxivlarida mavjud[16].

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 Fox, Margalit. „Edith Evans Asbury, 98, Veteran Times Reporter, Is Dead“, The New York Times, October 30, 2008, with correction added November 5, 2008. Accessed November 5, 2008.
  2. „Footnotes“. University of Tennessee Department of History (summer 2002). 2010-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 7-may.
  3. Staff. „NEWSPAPER WOMEN ELECT; Mrs. Edith Evans Asbury of The World-Telegram Is President“, The New York Times, May 22, 1952. Accessed October 31, 2008.
  4. Married. Time (1945-yil 9-aprel). „Herbert Asbury, 53, historian of shady Americana (The Gangs of New York, The French Quarter, The Barbary Coast), associate editor of Collier's magazine, descendant of U.S. Methodism's first Bishop, Francis Asbury; and Edith Snyder Evans, 34, New York City Associated Press reporter; both for the second time; in Fort Lee, NJ.“.
  5. Barry, Dan. „Sweet She Ainʼt, and She Has the Stories to Prove It“, The New York Times, March 11, 2006. Accessed October 31, 2008.
  6. Asbury, Edith Evans „ST. NICK HONORED IN OLD DUTCH FETE; Colorful Ceremony at Home of Washington Irving Recalls Early Niew Amsterdam“, The New York Times, December 5, 1952. Accessed November 1, 2008.
  7. Asbury, Edith Evans. „5TH AVE. WINDOWS STAGE YULE SHOW; Store Displays, Stressing the Snows of Yesteryear, Attract Thongs of Viewers“, The New York Times, December 16, 1952. Accessed November 1, 2008.
  8. Asbury, Edith Evans. „Lost Canary Flies Into Hospital, Fulfilling High School Prediction“, The New York Times, July 9, 1953. Accessed November 1, 2008.
  9. Staff. „REPORT ON THE SOUTH: A SUMMARY OF THE NEW YORK TIMES SURVEY; Extent to Which Integration Has Been Achieved; The Atmosphere in Different Parts of the South“, The New York Times, March 18, 1956. Accessed November 1, 2008.
  10. Asbury, Edith Evans. „CITY EDICT SOUGHT ON BIRTH CONTROL; Some Hospital Doctors Find Recent Policy Statement on Counseling Vague“, The New York Times, May 22, 1958. Accessed November 1, 2008.
  11. Asbury, Edith Evans. „BIRTH CONTROL ISSUE AGAIN STIRS DEBATE; Hospital Commissioner’s Action Rouses Bitter Controversy“, The New York Times, August 24, 1958. Accessed November 1, 2008.
  12. Asbury, Edith Evans. „HELLO, COLUMBUS“, The New York Times, October 9, 1983. Accessed November 1, 2008.
  13. Asbury, Edith Evans. „CANDOR, CHINESE STYLE“, The New York Times, April 10, 1983. Accessed November 1, 2008.
  14. Staff. „Woman Reporter Is Honored Here“, The New York Times, March 28, 1965. Accessed October 31, 2008.
  15. Staff. „Times Given Page One Award; News Wins 3 of Guild Trophies“, The New York Times, March 3, 1967. Accessed October 31, 2008.
  16. „La Guardia & Wagner Archives - Edith Evans Asbury Collection“ (en). www.laguardiawagnerarchive.lagcc.cuny.edu.