Edilboy qoʻy zoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Edilboy qoʻy zotigoʻsht-yogʻ yoʻnalishidagi dagʻal jun beradigan yirik dumbali qoʻy zoti. 19-asrda Qozogʻistonda xalq seleksionerlari tomonidan mahalliy dumbali qoʻylarni tanlash va qoʻpaytirish yoʻli bilan chiqarilgan. Yirik gavda tuzilishi, tez oʻsuvchanlik, erta yetiluvchanlik, yuqori mahsuldorlik va sifatli juni bilan tavsiflanadi. Mahsuldorligi jihatidan hisori qoʻylariga yaqin. Tusi qoramtir, qoʻngʻir, oq, sargʻish, qoʻchqorlari ham, sovliqlari ham toʻqol. Qoʻchqorlarining tirik vazni 100—105 (baʼzan 150) kg, sovliklariniki 65—70 (115) kg, 4—5 oylik qoʻzilariniki 40–42 kg. Qoʻchqorlaridan 3—3,5 kg, sovliqlaridan 2,5 kg jun olinadi (kokillarining uz. 15 sm). Sovliqlari nisbatan sersut. Edilboy qoʻy zoti, asosan, Qozogʻistonda sof holda urchitib, koʻpaytiriladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]