Chalatishlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Edentatadan yoʻnaltirildi)
Chalatishlilar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Chalatishlilar (Edentata) -yoʻldoshli sut emizuvchilar turkumi. Uzunligi 12 sm dan 1,2 m gacha. Oddingi oyoqlarining 2 yoki 3 ta barmogʻi boshqalariga nisbatan yirikroq boʻlib, kuchli tirnoklari bor. Tishlarida emal va ildiz boʻlmaydi, doim oʻsib turadi; oziq va yirtqich tishlari rivojlanmagan (nomi shundan). Yoʻldoshi sodda, 3 oilasi (chumolixoʻrlar, yalqovlar, sovutlilar) bor. Jan., Markaziy va Shim. Amerikada tarqalgan. Yer ustida, daraxtlarda yashaydi. Oʻsimlik va hasharotlar bilan oziqlanadi. Koʻpchilik turlarining goʻshti isteʼmol kilinadi.