Ebinur
Ebinur — Xitoyning shim.garbiy qismidagi oqmas shoʻr koʻl, Jungʻariya tekisligida. Maydoni koʻlga quyiladigan daryolarning suv hajmiga qarab 800 km²dan 1070 km²gacha oʻzgaradi. Eng chuqur joyi 15 m. Koʻl atrofi shoʻrxok va qumli yerlar. Qishda muzlaydi.
![]() |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |