Eʼzozxon Isroilova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eʼzozxon Isroilova
Tavalludi 1923-yil 23-mart
Qizil Yulduz qishlogʻi, Izboskan tumani, Andijon viloyati
Vafoti 1989-yil 13-fevral
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi SSR Mehnat Qahramoni, Deputat, Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Eʼzozxon Isroilova (1923-yil, Qizil Yulduz (Moygir) qishlogʻi, Izboskan tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS a'zosi (1946)[1], Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eʼzozxon Isroilova 1923-yil 23-martdaIzboskan tumani, Qizil Yulduz (Moygir) qishlogʻida tavallud topgan. 1965-yilda Toshkent Qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan. Izboskan tumanidagi „Oʻzbekiston“ (sobiq „Kommunizm“) kolxozida brigada boshligʻi (1941—1945), rais (1945—1965), 1965-yildan Izboskan tumanidagi qishloq xoʻjaligi boshqarmasi bosh agronomi boʻlib ishlagan. Isroilova rais boʻlgan kolxozda paxta maydoni 150 gektardan 1550 gektarga kengaygan, paxta hosildorligi gektariga 13 sentnerdan 36 sentnerga oshgan. 2—6-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1947—1966-yillar) etib saylangan.

1989 yil 13-fevralda vafot etgan.

Farzandlari: Mirzakomil, Fotimaxon, Husanboy, Yoqutxon.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzSE 1974, s. 120

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, V tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1974 — 640 bet.