Dvigatel-generator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dvigatel-generator - birbiriga mexanik tarzda bogʻlangan va biri dvigatel, ikkinchisi generator sifatida ishlaydigan elektr mashinalardan iborat agregat. D.-g . oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantirish yoki fazalar sonini, tok chastotasini, kuchlanishni oʻzgartirish uchun xizmat qiladi. Isteʼmolchining ehtiyojiga qarab, D.-g . har xil parametrli boʻlishi mumkin (mas, elektr payvandda — kuchli tok, aviatsiyada — yuqori chastota, quruqlik yoki suv transportida — oʻzgarmas tok va h. k.). Yarimoʻtkazgichli oʻzgartirgichlarning taraqqiy etishi munosabati bilan D.-g . dan kam foydalaniladi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil