Duván Vergara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Duván Vergara
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Duván Andrés Vergara Hernández
Tavallud sanasi 9-sentyabr 1996-yil (1996-09-09) (27 yosh)
Tavallud joyi Montería, Kolumbiya
Boʻyi 1.73 m
Ampluasi Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Monterrey
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Envigado[1]
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2019 Envigado 100 (13)
2019 Rosario Central 5 (0)
2019—2021 América de Cali 55 (14)
2021- Monterrey 22 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-yanvar uchun)

Duván Andrés Vergara Hernández (talaffuzi: Duvan Andres Vergara Ernandes)1996-yil 9-sentabrda Kolumbiyaning Monteriya shahrida tavallud topgan. Kolumbiyalik futbolchi „Monterrey“ klubida hujumchi hisoblanadi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Duván Andrés Vergara Hernández „Envigado“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015-yil 1-sentabr kuni Mustang kubogida „Deportivo Pasto“ga qarshi oʻyinda debyut qildi[2]. 2016-yil 12-mart kuni „Aguilas Doradas“ga qarshi bahsda Duván Andrés Vergara Hernández „Envigado“ uchun birinchi golini urdi[3].

2019-yil boshida Duván Andrés Vergara Hernández Argentinaning „Rosario Central“ jamoasiga oʻtdi. 17-fevral kuni „Tigre“ga qarshi oʻyinda u Argentina Primer ligasida debyut qildi[4]. 14-mart kuni Libertadores kubogi doirasida Chilining „Catolica Universidad“ jamoasiga qarshi oʻyinda Duván Andrés Vergara Hernández „Rosario Central“ safida ilk golini urdi[5].

Oʻsha yilning yozida Duván Andrés Vergara Hernández Kali shahrining „America“ klubi bilan shartnoma imzolab, vataniga qaytdi. Transfer summasi 1,8 million yevroni tashkil qildi. 26-iyul kuni „Patriotas Boyac“ga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qildi[6]. 18-avgust kuni „Aguilas Doradas“ga qarshi bahsda Duván Andrés Vergara Hernández „America“ uchun birinchi golini urdi[7]. 15-noyabr kuni „Alianza Petrolera“ga qarshi oʻyinda u xet-trik qayd etdi[8]. Oʻzining debyut mavsumida Duván Andrés Vergara Hernández klubga ligada gʻolib chiqishga yordam berdi. 2020-yilda Libertadores kubogida „Universidad Católica“ va Braziliyaning „Internacional“ga qarshi oʻyinlarda u uchta gol urdi[9][10][11]. Oʻsha yili Duván Andrés Vergara Hernández ikkinchi marta Kolumbiya chempioni boʻldi. 2021-yilning yozida Duván Andrés Vergara Hernández meksikaning „Monterrey“ga oʻtdi. 26-iyul kuni „Puebla“ga qarshi oʻyinda u Meksika Primer ligasida debyut qildi[12]. 1-avgust kuni „UNAM“ga qarshi bahsda Duván Andrés Vergara Hernández „Monterrey“ uchun birinchi gollarini urib, „dubl“ qildi[13]. 17-sentabr kuni KONKAKAF Chempionlar ligasi doirasida „Cruz Azul“ga qarshi oʻyinda u gol urdi[14]. Oʻsha yili Duván Andrés Vergara Hernández KONKAKAF chempionlar kubogini qoʻlga kiritdi.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Envigado F. C.Kolumbiya bayrogʻi Kolumbiya 2015 12 0 2 0 0 0 14 0
2016 30 6 2 0 0 0 32 6
2017 25 1 2 0 0 0 27 1
2018 33 6 3 1 0 0 36 7
Jami 100 13 9 1 0 0 109 14
Rosario CentralArgentina bayrogʻi Argentina 2019 5 1 1 0 2 1 8 2
Jami 5 1 1 0 2 1 8 2
América de CaliKolumbiya bayrogʻi Kolumbiya 2019 22 5 2 1 - - 24 6
2020 21 6 3 1 5 3 29 10
2021 12 3 0 0 5 0 17 3
Jami 55 14 5 2 10 3 70 19
MonterreyMeksika bayrogʻi Meksika 2021-2022 22 5 0 0 2 1 24 6
Jami 22 5 0 0 2 1 24 6
Umumiy karyerasida 182 33 15 3 14 5 211 41

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Duván Vergara, nuevo jugador de Rosario Central, msn.com, 17 January 2019
  2. „Депортиво Пасто VS. Энвигадо 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (1-sentabr 2015-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
  3. „Энвигадо VS. Агилас Дорадас 2:3“ (inglizcha). soccerway.com (12-mart 2016-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
  4. „Росарио Сентраль VS. Тигре 0:2“ (inglizcha). soccerway.com (17-fevral 2019-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
  5. „Универсидад Католика VS. Росарио Сентраль 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (14-mart 2019-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
  6. „Америка Кали VS. Патриотас Бояка 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (26-iyul 2019-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
  7. „Америка Кали VS. Агилас Дорадас 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (18-avgust 2019-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
  8. „Америка Кали VS. Альянса Петролера 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (15-noyabr 2019-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
  9. „Универсидад Католика VS. Америка Кали 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (10-mart 2020-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
  10. „Америка Кали VS. Универсидад Католика 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (24-sentabr 2020-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
  11. „Интернасьонал VS. Америка Кали 4:3“ (inglizcha). soccerway.com (17-sentabr 2020-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
  12. „Монтеррей VS. Пуэбла 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (26-iyul 2021-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
  13. „Монтеррей VS. УНАМ Пумас 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (1-avgust 2021-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
  14. „Крус Асуль VS. Монтеррей 1:4“ (inglizcha). soccerway.com (17-sentabr 2021-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.