Darrasoldi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Durrasoldidan yoʻnaltirildi)

Darrasoldi, durrasoldi - bolalar va oʻsmirlar oʻyini. Oʻyinga qatnashuvchilar davra qurib oʻtiradilar. Bir kishi eshilgan belbogʻ (darra)ni qoʻliga ushlab, davra atrofida aylanadi va dar-rani oʻtirganlardan birining orqasiga bildirmay tashlab ketadi, oʻzi esa joy topib oʻtirib olishga harakat qiladi. Oʻtirgan odam orqasiga darra tashlanganini sezib qolsa, oʻrnidan tez turib, darrani oladi va darra tashlovchini quvlaydi, yetib olsa darra bilan urib, davrani aylantirib chiqadida, darrani unga berib oʻz oʻrniga oʻtiradi. Darra tashlagan kishi joy topib oʻtirib olishga ulgursa, darrali odam davra aylanishini davom ettirib, darrani boshqa birovning orqasiga tashlaydi. Mabodo kishi oʻz orqasiga darra tashlanganini bilmasa, unda darra tashlovchi uni urib davrani aylantiradi va darrani unga berib, oʻzi uning oʻrniga oʻtiradi. Oʻyin shu zaylda davom etadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil