Durra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Durra, maylo (Sorghum durra) — donli joʻxorining bir turi, gʻalladoshlar (gʻallagullilar) oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik; oziq-ovqat (un, yorma) va yem-xashak (koʻk massa, pichan) ekini. 16 turi mavjud. Boshoqchasi va shakliga qarab quyidagi kenja turlarga boʻlinadi: Efiopiya joʻxorisi (S. durra ssp. aethiopicum); nubiya joʻxorisi (S. durra ssp. nubicum); arabiston joʻxorisi (S. durra ssp. arabicum). Boʻyi 2–3 m ga boradi. Issiqsevar, qurgʻoqchilikka bardoshli. Guli gʻuj joylashib (oq joʻxoriga oʻxshash) roʻvak hosil qiladi. Roʻvagining zichligi, tik oʻsganligi, barmoqsimon toʻpguli bilan oq joʻxoridan farq qiladi. D. AQSH, Afrikaning tropik mintaqalarida, Afgʻoniston, Jan. Yevropa mamlakatlarida, Yaponiya va Oʻrta Osiyoda ekiladi. Oʻsish davri 3—4 oy. D. su-gʻoriladigan yerlarda gʻalla ekini sifatida ekiladi. D.ning uni deyarli oq. Quruq poyalari chorva mollariga beriladi. Ya shil maysasida zaharli durrin glikozidi, baʼzilarida sianid kislota boʻladi. Shuning uchun mollarga boshqa ozuqalarga aralashtirib berish tavsiya qilinadi (qarang Joʻxori).

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil