Durovlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Durovlar— sirk artistlari, mas-harabozlar va hayvon oʻrgatuvchilar oilasi. Sulola asoschilari: Anatoliy Leonidovich (1864—1916) — mashhur masharabozsatirik, publitsist, kichik uy hayvonlari bilan ishlagan, uning akasi Vladimir Leonidovich (1863—1934), hayvonlarni oʻrgatish sohasida yangi rus maktabi (hayvonlarni jonini ogʻritmay, erkalab tarbiyalash)ning asoschisi. Akaukalar satirik monologlar ijro etishgan. Ular anʼanasining davomchilari Vladimir Leonidovichning qizi Anna Vladimirovna (1900—78), Anatoliy Leonidovichning nabirasi Vladimir Grigoryevich (1909 — 1972), Vladimir Leonidovichning nabirasi Yuriy Vladimirovich (1909/10—1971), uning qizi Natalya Yuryevna (1934), 1978-yildan V. L. Durov nomidagi hayvonlar teatrining badi-iy rahbari. Sirk mavzusida yaratilgan qissa va hikoyalar muallifi. Shuningdek, D. oilasining boshqa vakillari ham sirkda ishlashadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil