Dunyo sadolari festivali
| Dunyo sadolari | |
|---|---|
| Soha | Festival |
| Oʻtkazilgan joyi | Andijon viloyati, Xonobod shahri |
| Boshlanish sanasi | 2023-yil iyun |
| Davomiyligi | Har yili bir martta |
Dunyo sadolari festivali – Andijon viloyatining Xonobod shahrida 2023-yilning iyun oyidan boshlab har yilda bir marta oʻtkazilib kelinayotgan xalqaro milliy estrada sanʼati festivali[1][2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu festival prezidentning 2019-yil 17-may kuni Andijon viloyatiga tashrifi mobaynida turizmni rivojlantirishga doir loyihalar taqdimoti doirasida Xonobod shahrida milliy estrada ijrochiligi boʻyicha xalqaro festival oʻtkazish taklifi asosida tashkil etilgan[3].
2023-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil iyun oyida Xonobod shahrida boʻlib oʻtgan Dunyo sadolari festivalida dunyoning 86 mamlakatidan milliy estrada xonandalari ishtirok etgan[4].
2024-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yil 29-31-iyul kunlari Andijon viloyatining Xonobod shahrida „Dunyo sadolari II“ xalqaro milliy estrada sanʼati festivali boʻlib oʻtgan. Festivalda Oʻzbekiston va dunyo estradasi yulduzlari, xususan, Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, Rayhon G‘aniyeva, Hamdam Sobirov, qozog‘istonlik Jah Khalib, Jony, dunyoga mashhur ruminiyalik xonanda Inna ham ishtirok etgan[5][6][7]. Festivalga respublika va mahaliy budjet hisobidan jami 6 milliard soʻm mablagʻ sarflangan[8][9].
2025-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2025-yil 15-18-avgust kunlari Andijon viloyati Xonobod shahrida „Dunyo sadolari III“ xalqaro milliy estrada festivali boʻlib oʻtadi. Festivalda oʻzbek estrasida vakillaridan Munisa Rizayeva, Sevinch Moʻminova, Imron, Setora guruhi, Shohruhxon, Jaloliddin Ahmadaliyev chiqish qiladi. Shuningdek, Arash, Mustafo Sandal, In-Grid, Alisha Chinai, Arabesque kabi jahon yulduzlari ham festivalda qatnashishi kutilmoqda. Festivalga kirish — bepul[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
- ↑ „Andijonda «Dunyo sadolari» xalqaro milliy estrada san’ati festivali o‘tkaziladi“. kun.uz. kun.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi“. Daryo.uz. Daryouz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
- ↑ „Andijonda iyun oyida “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada festivali o‘tkaziladi“. Daryo.uz. Daryouz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
- ↑ „Andijondagi “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivali“. afisha.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
- ↑ „Andijonda “Dunyo sadolari” festivaliga qancha mablag‘ sarflangani ma’lum qilindi“. Daryo.uz. Daryouz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
- ↑ „“Dunyo sadolari” festivali: Andijonga Inna va Arash keladi“. aniq.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
- ↑ „«Dunyo sadolari»ning andijonliklarga qanchaga tushgani aytildi“. www.xabar.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
- ↑ „“Dunyo sadolari”: 6 mlrd so‘mga tushgan festival va Andijon hokimining tanqidga uchragan nutqi“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ.
- ↑ „Andijonda "Dunyo sadolari" festivali“. https://www.afisha.uz. Afisha.uz. Qaraldi: 2025-yil 15-avgust.