Duero

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Duero (portugalcha — Doru) — Pirenei ya. o.dagi dare. Ispaniyadagi Iberiya togʻlaridan boshlanib, Portugaliyaning Portu sh. yonida Atlantika okeaniga quyiladi. Uzunligi 925 km, havzasining mayd. 95 ming km2. Eski Kastiliya yassitogʻligini kesib oʻtgan qismida chuq. 30–40 m li kanon hosil qilgan. Portugaliya hududida keng vodiydan oqadi. Qish va bahorda sersuv, bu mavsumlarda suv sathi daralardan oʻtgan joyida 15–20 m gacha koʻtariladi. Quyilish joyida oʻrtacha suv sarfi 700 m3/sek. Quyilish joyidan boshlab 200 km masofada kema qatnaydi. Suv ombori va GES qurilgan. D.dan sugʻorishda foydalaniladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil