Dubaydagi "Mo'jizlar bog'i"

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dubay "Mo'jizlar bog'i"

Dubaydagi "Mo'jizalar bog'i" (Miracle Garden) – Birlashgan arab amirliklaridagi Dubayning Dubayland ko'ngilochar maskanida joylashgan gul bog'i. Bog' 2013 yilda, "Sevishganlar kuni"da ochilgan[1]. U 72 000 kvadrat metrdan ortiq maydonni egallaydi. "Mo'jizalar bog'i" dunyodagi eng katta tabiiy gul bog'i bo'lib, 50 milliondan ortiq gul va 250 milliondan ko'proq o'simliklarni o'z ichiga oladi[2].

2015-yil aprel oyida bogʻ Garden Tourism Award tomonidan "Yilning eng diqqatga sazovor yangi bog'i" uchun Moselle mukofotini qo'lga kiritgan[3].

O'ziga xosligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'ziga xos "Mo'jizalar bog'i"

Dubay "Mo'jizalar bog'i"ning oʻziga xosligi, birinchi navbatda, butunlay oʻlik choʻlda barpo boʻlganidir. Bunday qiyin sharoitlarda gul yetishtirish uchun bogʻga kuniga 757 000 litr suv kerak boʻladi. Yuqori texnologiyalar shahar oqava suvlarini tozalab, bogʻ boʻylab tomchilatib sugʻorish tarmogʻi orqali, vaqti-vaqti bilan oʻsimliklarni sugʻorib turadi. Moʻjizaviy bogʻni anʼanaviy maʼnodagi klassik botanika bogʻi yoki issiqxona deb atytib boʻlmaydi. Bu gul sanʼatining koʻplab namunalari jamlangan ajoyib maskandir[4].

Bogʻda Fors koʻrfazi mintaqasida va qoʻshni mamlakatlarda uchramaydigan noyob oʻsimlik kompozitsiyalarini uchratish mumkin. Xilma-xil oʻsimliklardan iborat bog' koʻplab gulzor va xiyobonlarni, figurali arkalarni va sunʼiy sharsharalarni, ulkan gul soatlari va obrazli yodgorliklarni o'z ichiga oladi[5].

E'tirof[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Mo'jizalar bog'i" A-380

Dubaydagi Mo'jizalar bog'i bir qator mintaqaviy va xalqaro mukofotlarga sazovor boʻlgan. Bog' uch marotaba Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. 2013 yilda u dunyodagi eng katta vertikal bog' deb e'lon qilindi[6]. 2016 va 2018-yillarda Mikki Maus shaklida kesilgan butalarning eng baland uzunligi 18,06 metrni tashkil qilgani uchun hamda Airbus A-380 samalyoti shaklidagi eng katta gul kompozitsiyasi uchun rekordlar kitobidan joy olgan[7].

  1. "The World's most beautiful garden-In Dubai". Xpress. 20 February 2013
  2. Tesorero, Angel (7 November 2017). "50 million blooms to wow visitors at Dubai Miracle Garden". Khaleej Times. Retrieved 30 October 2018
  3. "Dubai Miracle Garden wins International Award". Gulf News. 1 April 2015. Retrieved 30 October 2015
  4. "First Miracle Garden project opens in Dubai". Arabian Business. 16 February 2013. Retrieved 20 October 2015
  5. Croucher, Martin (15 March 2013). "Cooling domes to be in bloom for summer at Dubai's Miracle Gardens". The National. UAE
  6. Guinness World Records of Dubai Miracle Garden". Miracle Garden Blog. 27 April 2019
  7. "Watch: Dubai Miracle Garden now home to 18-metre floral Mickey Mouse". The National. February 2018. Retrieved 30 October 2018