Drew Larman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Larman Providence Bruins klubi safida
Tugʻilgan joyi 15-may 1985-yil (1985-05-15) (38 yosh)
Canton, Michigan, AQSH
Boʻyi 6 ft 3 in (191 cm)
Ogʻirligi 180 lb (82 kg; 12 st 12 lb)
Pozitsiyasi markaziy hujumchi
Oʻynagan jamoalari Florida Panthers
Boston Bruins
Jamoalardagi faoliyat 2005—2011

Drew Robert Larman (talaffuzi: Dryuv Robert Lorman) (1985-yil 15-mayda tugʻilgan) — amerikalik sobiq professional xokkeychi boʻlib, Milliy Xokkey Ligasining (NHL) „Florida Panthers“ va „Boston Bruins“ xokkey jamoalarida 26 ta oʻyin oʻtkazgan.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligida Drew Larman 1999-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Detroit Honeybaked kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[1].

Shundan soʻng, Drew Larman 2005-yilda OHLda Sarnia Sting va Memorial Kubogi chempionligini qoʻlga kiritgan „London Knights“ xokkey klubi bilan faoliyatini davom ettirdi.

2005-yil 25-sentyabrda Larman „Florida Panthers“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi. Drew Larman oʻzining professional debyutini 2005—2006-yilgi mavsumda „Panthers“ xokkey klubi filiallari, ECHLning „Florida Everblades“ va AHLning „Rochester Americans“ xokkey klublari bilan oʻtkazdi. 

Drew Larman oʻzining NHLdagi debyutini keyingi 2006—2007-yilgi mavsumda „Panthers“ jamoasi bilan 16 ta oʻyinda oʻtkazdi.

2009-yil 13-iyulda Larman „Boston Bruins“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[2]. Drew Larman 2009—2010-yilgi mavsumni AHLda „Providence Bruins“ xokkey klubi shoʻbasi bilan boshlash uchun tayinlandi. Sinov oʻyinlarida Larman „Providence“ xokkey klubi bilan 55 oʻyinda oʻzining hisobiga 6 gol va 12 ochko qoʻshib oldi.

Erkin agent sifatida va NHLga unchalik qiziqmagan Drew Larman 2010-yil 11-noyabrda oʻzining birinchi professional klubi „Florida Everblades“ xokkey klubi bilan ECHLda bir yillik shartnoma imzoladi. Larman „Everblades“ klubi bilan 57 ta oʻyinda maydonga tushdi va 2010—2011-yilgi mavsum yakunida oʻzining professional xokkeychilik faoliyatini yakunladi.

Xokkeydan keyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Drew Larman hozir Florida shtatining Fort-Myers shahrida yoga oʻqituvchisi boʻlib ishlaydi[3].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub liga O'yin Gol Golli uzatma Ochko Penalti O'yin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2002—2003 Sarnia Sting OHL 67 4 14 18 25
2003—2004 Sarnia Sting OHL 68 9 18 27 13 5 0 1 1 0
2004—2005 Sarnia Sting OHL 12 2 0 2 6
2004—2005 London Knights OHL 58 11 10 21 28 18 3 4 7 8
2005—2006 Florida Everblades ECHL 6 0 0 0 4 8 4 2 6 4
2005—2006 Rochester Americans AHL 44 7 8 15 24
2006—2007 Rochester Americans AHL 54 17 11 28 35
2006—2007 Florida Panthers NHL 16 2 0 2 2
2007—2008 Rochester Americans AHL 54 10 12 22 44
2007—2008 Florida Panthers NHL 6 0 1 1 2
2008—2009 Rochester Americans AHL 61 10 13 23 40
2009—2010 Providence Bruins AHL 55 6 6 12 26
2009—2010 Boston Bruins NHL 4 0 0 0 0
2010—2011 Florida Everblades ECHL 57 3 8 11 30 4 0 2 2 2
Jami 26 2 1 3 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-fevral 2019-yil.
  2. „Bruins sign four players“. Boston Bruins (13-iyul 2009-yil). 2009-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2009-yil.
  3. „DREW - The Shiva Yoga Shala“. theshivayogashala.com. 2016-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.