Dozor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dozor (rus.)— qoʻriklash, razvedka va aloqa ishlari olib boruvchi harbiy qism. Piyoda (oʻqchi) askarlar, jangovar mashina va harbiy-dengiz floti kemalaridan kichik boʻlinma tarzida tashkil topadi. Vazifasi — yurishda qoʻshinlarni dushman hujumidan ogohlantirib turish (qoʻriqlovchi D.), dush-manning qayerda joylashganini aniqlash (razvedkachi D.), jangovar tartibdagi qismlar bilan aloqa qilib turish (aloqachi D.) va b. D. tarkibi vazifa va sharoitga bogʻliq boʻladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil