Dovud quruvchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

DOVUD "QURUVCHI", Dovud "Binokor", David IV Georgiyevich (1073—1125) — Gruziyaning bagrationlar sulolasi davridagi podsholaridan (1089—1125). Gruziya knyazliklarini markazlashgan yaxlit davlatga birlashtirishga asos solgan yirik davlat arbobi. D. "Q." 1097 y. saljuqiylarga soliq toʻlashni toʻxtatib, Gruziyaning mustaqilligini tiklagan. 1104 y. Kaxeti, Ereti va b. shaharlarni oʻz hududiga qoʻshib olgan. 1122 y. Tbilisini ishgʻol qilgan va poytaxtni Kutaisidan Tbilisiga koʻchirgan. D. "Q." cherkovdagi yuqori lavozimni nasldan-naslga oʻtkazishga barham berib, unga hukumat mansabdorlaridan saylash tartibini joriy qilgan. U zodagonlarning koʻngilli lashkarlaridan tashqari, bevosita podshoga qaram boʻlgan doimiy qoʻshin tuzgan (1118—20). D "Q.". qipchoqlar ulugʻ xonining qizi — Guranduxtga uylanib, 45 mingdan ortiq qipchoqni askariy xizmatga jalb etgan. Bundan tashqari u shahar, katta (shoh) koʻchalar, koʻpriklar, qasr (saroy)lar, karvon saroylar qurishga, maorif ishlarini rivojlantirishga katta ahamiyat bergan. Gelati sh.dagi akademiyaga asos solgan. Uning taraqqiyparvarligini nazarda tutib "Quruvchi" deb nom berilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil