Doroyiboflik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Doroyiboflik — shoyi-atlas, beqasam toʻqishning qad. usuli; doroyi toʻqish kasbi. Doroyining eni, tigʻ va gulasi shoyi-atlas, beqasamning eni, tigʻ va gulasidan ancha keng boʻlgani uchun doroyi toʻqish boshqa gazlamalarni toʻqishdan qiyin boʻlgan. Ilgari bu ish bilan maxsus ustalar (doroyiboflar) shugʻullangan. 1920-yillardan soʻng D. sanoat artellariga uyushgan holda davom ettirildi. D. kasbi 20-asrning 50-y.larigacha davom etdi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil