Dor ut-TILOVAT

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dorut Tilavat complex in general - 4 general view of the 2 mausoleums.JPG

Dor ut-TILOVAT (Qurʼon oʻqiladigan, tilovat qilinadigan joy) — Shahrisabz markazida Dor ussiyodat majmuasi gʻarbida temuriylar xonadoniga mansub qad. inshootlar — Shamsiddin kulol maqbarasi, Gumbazi Sayyidon va Madrasa oʻrnida barpo etilgan Koʻk gumbaz masjidishn iborat majmua joylashgan.

Amir Temur tomonidan barpo etilgan maqbaraga 1370 y.da vafot etgan piri Shayx Shamsiddin Kulol, keyinchalik poyiga otasi Amir Taragʻoy dafn etilgan. Maqbara qurilishi Ulugʻbek hukmronligi davrida nihoyasiga yetgan. Uning qarshisida masjid, jan. da yana bir maqbara qad koʻtargan. Maqbaradagi yozuvlarda "Bu maqbara ulugʻ olimlarning olimi... (sultonlarning) aʼlosi... qonunchilik va bilimda... din va eʼtiqodda tengi yoʻq oliy hazrat Sulton Ulugʻbek Koʻragoniyning farmoni bilan bunyod etildi, Alloh uning podshohligini va sultonligini uzoq qilsin, 841 y. hijriy" degan yozuv saqlangan. Maqbara ichida qoʻshni qabristondan 15—18-a.larda koʻchirib keltirilgan bir necha sagʻanalar bor. Ularning ayrimlaridagi yozuvlarda termizlik sayyidlarning nomi saqlangan.

Hovli tomonga qaratib qurilgan masjid, maqbaralar va D.ut-t. madrasasining darsxonasi, hujralari buzilib, oʻrnini keyinchalik qurilgan qoʻshimcha xonalar egallagan. D. majmuasida 1819-a.larda qurilgan binolar ham bor, biroq ularni badiiy jihatdan Amir Temur va Ulugʻbek davri meʼmorligi bilan qiyos qilib boʻlmaydi. 1994—96 y.larda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar asosida jome masjidning ikki tarafidagi gʻishtin ra-voqli ayvon qoldiqlari, Madrasa, darvozaxona va minoraning poydevor qoldiqlari aniqlandi. Majmuaning tarixiy shaklini tiklash maqsadida masjid ayvonlari, madrasasining bir qismi, minora tiklandi. Koʻk gumbaz va Gumbazi Sayyidonda ham taʼmir ishlari olib borildi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil