Dor ul-fano

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dor ul-fano (arab. — oʻtkinchi uy) — islom dinida inson yashayotgan dunyo (bu dunyo) "foniy" (oʻtkinchi) ekanligini bildiruvchi tushuncha. Unga koʻra, bu dunyo yaxshi va ezgu amallar, savob ishlar qiladigan joy. D. ul-f.da dor ul-baqo uchun tayyorgarlik koʻriladi. Tasavvufda "fano filloh", yaʼni Alloh yoʻlida oʻzini foniy hisoblash maqomi qayd etilgan. Bunda bu dunyoga befarq qarash, dunyo lazzatlaridan voz kechish kabi xususiyatlar koʻzda tutiladi. Bu dunyoni D. ulf. deb atash 9— 10-asrlarda malomatiylar tariqatida ayniqsa keng rasm boʻlgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil